Surʼat Poʻlatov
Surʼat Obidovich Poʻlatov (1931. 23.10, Toshkent) — aktyor, xonanda (dramatik bariton). Oʻzbekiston xalq artisti (1991). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1952). 1952—56 yillar Qashqadaryo teatrida aktyor, bosh rejissor (1955—56), 1956-yildan Muqimiy teatrida aktyor. P. ijodi qaxramonlaridagi ezgu tuygʻular, kuchli psixologik talqini, ularning ichki kechinmalarini ochishda chiroyli musiqiy xonishlar bilan toʻldirishi, oʻziga xos ijrosi bilan ajralib turadi. Ravshan ("Ravshan va Zulxumor"), Haydar ("Nurxon"), Zafar ("Zafar"), Teshaboy ("Toshbolta oshiq"), Aziz ("Fargʻona hikoyasi"), Poʻlat ("Zarafshon qizi"), Nodir ("Guli siyoh"), Armon ("Qizbuloq"), Norqoʻzi ("Yoshlikda bergan koʻngil"), Usmonali ("Navoiy Astrobodda"), Otaizor ("Mangu mashʼal"), Kul ("Na malakman, na farishta"), Ota ("Devona") kabi 200 dan ortik, rol ijro etgan. Xonanda sifatida "Yangra sozim", "Sevgi niholi", "Ochil gulim", "Naʼmatak", ] "Bayet IV" "Parvona boʻlibman", "Aqli raso boʻlsin", "Yigit va qiz dueti", "Otma-gay tong", "Abduraxmonbegi" kabi qoʻshiq va ashula yoʻllari bilan tanilgan. P. televizion va videofilmlar, telepostanovka va telenovellalar ("Naʼmatak", "Gul va inson", "Qorakoʻz", "Koʻngil koʻchalari", "Sud davom etadi", "Bir goʻzal bormish" va boshqalar)da bir kancha rollar ijro etgan. Shuningdek, kinoda ("Gulistondan judo", "Koʻzlarim yoʻlingda", "Kim jin-ni" va boshqalar) ham suratga tushgan. 1960-yildan "Tabassum" radiojurnalining boshlovchilaridan, dublyaj sanʼatida ham barakali ijod qilgan. P. haqida "Sanʼatga baxshida umr" (rej. Sh. Xoʻjayev) filmi ishlangan. "Shuxrat" medali bilan mukofotlangan (1995).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |