Kontent qismiga oʻtish

Edgar Allan Poe

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Po Edgar Allandan yoʻnaltirildi)
Edgar Allan Poe
Tavalludi 19-yanvar 1809-yil
Vafoti 7-oktyabr 1849-yil(1849-10-07)
(40 yoshda)
Baltimor, Merilend, AQSh
Taxallusi Poe
Kasbi shoir, qisqa hikoyalar yozuvchisi, tahrirchi, adabiy tanqidchi
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Janr barcha janrlar
Shoh asari The Raven

Edgar Allan Poe (Edgar Allan Po (Roye) ; 1809.19.1, Boston — 1849, 7.10, Baltimor) — amerikalik yozuvchi, shoir va adabiy tanqidchi. Amerika romantik yozuvchisi va adabiy tanqidchisi. Simvolizm boshlovchisi. Aktyorlar oilasida tugʻilgan. 1815—20 yillarda Buyuk Britaniyada yashagan. 1825-yil Virginiya universitetiga kirgan, West Point harbiy akademiyasi (1830—33)da oʻqigan. Asosan, fojiali, "dahshatli" ("Qora mushuk", 1843 va boshqalar), fantastik ("Voron va boshqa sheʼrlar", 1845) yoki yumoristik novellalar ("Grotesklar va arabeskalar" toʻplami, 1840) klassigi. Po detektiv adabiyotining asoschilaridan ("Morg koʻchasidagi qotillik", 1841; "Mari Roje siri", 1842; "Tilla qoʻngʻiz", 1843; "Oʻgirlangan maktub", 1845). Uning yetuk lirikasida maxbubasidan judo boʻlgan kishining jafolari mavzui oʻz ifodasini topgan ("Annabel Li", 1849 va boshqalar). Shafqatsizlik, sadizm Po hikoyalarida inson tabiatidagi hayvoniy hislarning tantanasi tarzida talkin etilgan. Po jamiyat xayoti, kishilar tabiati va ruhiyatidagi yemirilish hollarini tasvirlar ekan, hajviy va ijtimoiy-tanqidiy pafosdan ham samarali foydalangan. "Ijod falsafasi" (1845), "Poetik prinsip" (1850) falsafiy asarlari bilan amerika estetikasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Poning detektiv hikoya janrida orttirgan tajribalari Arthur Conan Doyle, Robert Louis Stevenson, Gilbert Keith Chesterton singari yozuvchilar ijodida anʼana sifatida foydalaniladi; sheʼriy ijodi fransuz va rus simvolistlariga taʼsir koʻrsatgan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Tilla qoʻngʻiz", 1962).[2]

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil