Kontent qismiga oʻtish

Polesye pasttekisligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Polesyedan yoʻnaltirildi)

Polesye pasttekisligi, Polesye — Belarus, Ukraina va Rossiya Federatsiyasidagi pasttekislik. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbiy qismida, Pripyat, Dnepr va Desna daryolarining havzasida joylashgan. Belarusning jan. viloyatlarini Belarus Polesyesi, Ukrainaning shim. viloyatlarini Ukraina Polesyesi va Rossiya Federatsiyasi ning bir qismini (Bryansk viloyati) — Bryansk-Jizdra Polesyesi egallagan. Umumiy maydoni 270 ming km². Balandligi 150–200 m. Iqlimi moʻʼtadil. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4° dan —8° gacha, iyunniki 17°— 19°. Yiliga 550–650 mm yogʻin tushadi. Polesye pasttekisligining katta qismi botqoklik, koʻl koʻp. Polesye pasttekisligining 1/3 kismeta yaqini oʻtloq. Polesye pasttekisligida melioratsiya sohasida koʻpgina ishlar qilingan. Javdar, arpa, bugdoy, zigʻir, kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Muhim foydali qazilmalari: neft, qoʻngʻir kumir, torf, kaliy tuzlari.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil