Kontent qismiga oʻtish

Grigoriy Potanin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Potanin Grigoriy Nikolayevichdan yoʻnaltirildi)

Grigoriy Nikolayevich Potanin [1835.22.9(4.10), Pavlodar yaqinidagi Yamishevo posyolkasi — 1920.30.6, Tomsk] — rus sayyohi, etnografi, folklorshunosi; Sibir va Markaziy Osiyo tadqiqotchisi. 1863—64 yillarda Rossiya Geografiya jamiyati tomonidan rus astronomi K.V.Struve rahbar-l i gida Zaysan koʻli va Tarbagʻatay tog tizmasiga uyushtirilgan ekspeditsiyada ishtirok etgan. 1876-77 va 1879-80 yillarda Mongoliyaning shim.-gʻar-biy qismiga va Tuvaga, 1884—86 va 1892—93 yillarda Xitoyning shim.ga, Tibetning sharqiga va Mongoliyaning markaziga va 1899-yilda Katta Xingan togʻlariga ekspeditsiya qilgan. Bu ekspedi-siyalar natijasida oʻsha paytgacha yaxshi oʻrganilmagan Markaziy Osiyo toʻgʻrisida keng geografik va etnografik maʼlumotlar olingan, katta gerbariy va zoologik kolleksiyalar toʻplagan. P.ning, ayniqsa, Sibir va Markaziy Osiyodagi turkiy va mongol xalklarining hamda tangut, xitoy, dunganlarning madaniyati, urf-odati va sanʼati hakdda yiqqan materiallari kimmatli-dir. P. Markaziy Osiyo xalklarining eposi urta asr Yevropasining folklori va adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatganligini ilmiy asoslab bergan. Nanshan tizmalaridan biri va Oltoy togʻlaridagi muzlik P. nomiga koʻyilgan.

  • Obruchev V.A. Puteshestviya Potanina, M., 1953.
  • Puteshestviya po Mongolii, M., 1948.