Kontent qismiga oʻtish

Elvis Presley

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Presli Aaron Elvisdan yoʻnaltirildi)
Elvis Presley

Elvis Presley (1957)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 8-yanvar 1935-yil
Vafoti 16-avgust 1977-yil(1977-08-16)
(42 yoshda)
Memfis, Tennessi, AQSh
Janrlar Rock’n’roll, pop, gospel music, country, blues
Fuqaroligi AQSh
Turmush oʻrtogʻi Priscilla Presley
Veb-sayt www. Elvis.com

Elvis Aaron Presley (8-yanvar 1935, Tupelo, Missisipi shtati – 16-avgust 1977, Memfis) – Amerikalik qoʻshiqchi va aktyor. Rok musiqa asoschilaridan. Oʻlimidan 3 oʻnyillik oʻtgan boʻlsada, Elvis XX asrning eng muvaffaqiyatli qoʻshiqchisi boʻlishni davom ettiryapti. Uning mashhurligi shunchalik kengki, hatto koʻpchilik odamlar uni faqatgina oti bilan – „Elvis“ deb chaqiradilar. Elvis shuningdek, Gospelz (diniy qoʻshiqlar), blyuz, kantri kabi amerika ommabop musiqa janrlari negizida oʻziga xos, joʻshqin va ehtirosli ijro uslubini yaratgan[1], "Rock’nʼroll qiroli" unvoniga sazovor boʻlgan (Amerikada asosan faqatgina "Qirol" (The King) deb ataydilar)

Ilk yillari (1935—1953)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elvis Presley 1935-yil 8-yanvarda Tyupelo, Missisipi shtatida Vernon va Gladys Presley oilasida dunyoga kelgan. Elvisning egizaki – Jesse Garon tugʻilishi bilan oʻlgan. Presley oilasi juda kambagʻal edi. 1938-yil otasi soxta chek ishlab chiqarganlikda ayblanib qamalgandan keyin ahvollari yanada yomonlashadi. Otasi 2 yildan keyingina qoʻyib yuboriladi. Elvisning bolaligi din va musiqa qamrovida oʻtadi. Tez tez cherkovga borar va cherkov xorida ishtirok etar edi. Presleyning tarbiyasiga onasi katta ahamiyat qaratar, kattalarga hurmatni oʻrgatar edi. 11 yoshga toʻlganida Elvisga velosipedga almashtirib gitara olib berishadi. Bunday tanlovga uning birinchi musiqiy yutugʻi – yarmarkada milliy „Old Shep“ qoʻshigʻini kuylagani uchun olgan mukofoti sabab boʻladi.

1948-yilning sentyabr oyida Presley oilasi Memfisga koʻchib ketish majburiyatida qoldilar. U yerda Elvisning otasi uchun ish topish imkoniyati kengroq edi. Aynan Memfisda Elvis zamonaviy musiqaga yanada koʻproq qiziqa boshladi. Radio orqali country, milliy estrada va qoralar musiqasini (blues, boogie-woogie, ritm-and-blues) tinglar edi. Shuningdek u tez-tez Memfisdagi Bill-stritga borib, qora musiqachilarining ijrolarini tomosha qilar, qoralar magazinlarini aylanar edi. Oʻsha yer tasirida Elvisning oʻziga hos yorqin kiyinish tarzi kelib chiqgan.

1953-yil yozda maktabni tugatgach Presley ogʻir yuk haydovchisi boʻlib ishga kiradi. Aynan oʻsha vaqtlar Presley Sam Phillipsga tegishli ovoz yozish studiosiga kirib, 8 dollarga bir juft gitara navosi ostida qoʻshiq yozdiradi. „My Happiness“ va „Thatʼs When My Heartache Begins“ qoʻshiqlaridan iborat boʻlgan 1 nusha bosilgan plastinkani onasiga sovgʻa qiladi. Lekin asosiy maqsad oʻz ovozini eshitib koʻrish boʻladi. Shundan keyin u qatʼiyan musiqachi boʻlishga qaror qiladi. Faqat qaysi janrda ijro qilishni bilmayotgan edi – Gospel, Cherkov gimnlarinimi yoki countrymi. U bir qancha klublarda chiqishga ham ulguradi. Phillips studiosining kotibasi Presleyning maʼlumotlarini yozib oladi (ijrosi qaysi qoʻshiqhining ijrosiga yaqin deb soʻralganida, u unday qoʻshiqchi yoʻq deb javob beradi). Phillipsga qoʻshiqchi kerak boʻlganida albatta telefon qilishlarini iltimos qiladi (Phillipsning asosan qoralar musiqasini yozadigan oʻz leybli – Sun Records boʻladi). Elvis oʻzi uchun 1954-yil yana bitta plastinka yozadi.

Sun Records (1954—1955)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Thatʼs All Right“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1954-yilning iyun oyida Sam Phillips Sun Records uchun bir qancha qoʻshiq yozdirmoqchi boʻladi. Shun maqsadda tanish gitarachi Scotty Moore va kontrabaschi Bill Blackni chaqiradi. Vokalist ham kerak edi. Kotibaning eslatmasi bilan Elvisni ham chaqiradilar. Boshida hech narsa oʻhshamaydi. Repetitsiyalar bir qancha hafta davom etadi. 5-iyulda musiqachilar „I Love You Because“ balladasini yozib boʻlgach „Thatʼs All Right (Mama)“ni yozishni boshlaydilar. Presley, Moore va Black qoʻshiqga kutilmagan ritm beradilar. Studiodagi ovozlarni eshitib Phillips musiqachilardan nimani ijro etayotganlarini soʻraydi. Ular esa bilmasliklarini aytdilar. Phillips yana bir martta chalishlarini soʻraydi va qoʻshiqni yozib oladi. Shu tarzda „Blue Moon Of Kentucky“ni (Bill Monroening hit qoʻshigʻi) ham yozadilar.

Birinchi singl va ijrolar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Thatʼs All Right“ singli (orqasida esa „Blue Moon Of Kentucky“) 1954-yil 19-iyulda 20 ming nushada chiqarildi. Xuddi shu formulaga asoslangan holda (bir tarafida blues, bir tarafida esa country) bir yilni ichida „Good Rockinʼ Tonight / I Donʼt Care If The Sun Donʼt Shine“ (sentyabr 1954), „Milkcow Blues Boogie / You’re A Heartbreaker“ (yanvar 1955), „Baby, Letʼs Play House / I’m Left, You’re Right Sheʼs Gone“ (aprel 1955), „I Forgot To Remember To Forget / Mystery Train“ (avgust 1955) qoʻshiqlarini chiqardi. Bu qoʻshiqlar nafaqat Elvis uchun, balki oʻz yuksalishida Elvisga burchli boʻlgan Sun Records uchun ham katta yutuq edi. Presleyning chiqgan bu plastinkalariga oʻsha paytlar rock'n'roll deb emas, balki countryning yangi talqini deb atalar edi. Hatto oʻsha paytlar Elvisning laqabi „Hillbilly Cat“ (Hillbilly – Countrydagi eski bir nom) edi.

1954-yilning yozida Presley, Moore va Black endi endi sahnaga chiqa boshladilar (Afishalarda ularni birgalikda „Blue Moon Boys“ deb nomlangan edilar). Oʻsha yilning sentyabr oyida Neshvilda boʻlib oʻtgan mashhur „Grand Ole Opry“ radiokonsertidagi muvaffaqqiyatsizlikga qaramay, „Blue Moon Boys“ konsert ijrolaridagi yutuqlari ortib borayotgan edi. Ular koʻpincha Janubga, ayniqsa Texasga gastrollarga borar edilar. Baʼzan ular bilan Sun Recordsning endi endi porlayotgan yulduzlari Johnny Cash va Carl Perkins sahnaga chiqar edilar. 1954-yil oktyabr oyidan boshlab „Blue Moon Boys“ „Louisiana Hayride“ radiokonsertlarining muntazam ishtirokchilari boʻldilar. Aynan oʻsha paytlar Elvisning oʻziga xos xareografiyasi tashkil topa boshlagan.

Bu konsertlar va chiqarilayotgan yangi singllar tufayli Elvisni oʻsha regionda, keyinchalik esa „Billboard“ jurnali xit-paradida country kategoriyasi boʻyicha „I Forgot To Remember To Forget“ singli birinchi oʻringa chiqgandan keyin mamlakat boʻylab mashhurligi orta boshladi.

Bu muvaffaqiyat oʻsha paytlar country musiqasi yulduzi Hank Snowga homiylik qilgan polkovnik Tom Parkerning eʼtiborini jalb qildi. 1 yil kuzatuvdan soʻng 1955-yil avgust oyida Elvis bilan shartnoma imzolaydi. Parker Sun Records imkoniyatlari cheklangan ekanligini bilar edi va shuning uchun yanada yirikroq leybl qidirayotgan edi. Nihoyat 1955-yil 20-noyabrda RCA Records bilan shartnoma imzolaydilar. (Shuningdek RCA Elvisning Sun Recordsdagi butun yozuvlar katalogini 40 000 dollarga sotib oladilar, ulardan 5 000 dollari Elvisning oʻziga tegishli edi.)

Rock’nʼroll qiroli (1956)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teleijrolar va yangi loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1956-yil Elvis uchun burulishli yil edi. U nafaqat milliy balki butun dunyoviy mahshurlikka erishgan edi. Elvisning RCAdagi birinchi singli taʼsirli „Heartbreak Hotel“ blues janridagi qoʻshiq edi. Qoʻshiq Sun Recordsda yozilgan qoʻshiqlarga umuman oʻhshamas edi. Shu sababli RCA xavotirda edi. Lekin xavotirlari nooʻrin edi: singl 1-oʻrin oldi million ekzemplyardan koʻproq tarqaldi. Undan keyin esa „Blue Suede Shoes“ va „I Want You, I Need You, I Love You“ singllari, shuningdek birinchi uzoq chaladigan albom („Elvis Presley“) chiqarildi. Ayna oʻsha paytlarda birinchi martta teleshoularda chiqishga boshladi va amerikaliklarda shok yaratdi hamda minglab amerikan oʻsmirlarining sevgisiga sazovor boʻldi. Musiqa, harakatlar, oʻzini tutishi, kiyimi va Elvisning yoshligi umuman boshqacha edi, country ijrochilaridan katta farq qilar edi. Yoshlarning unga uygʻongan sevgisi bilan bir qatorda kattalarda unga nisbatan salbiy qarashlar bor edi (ayniqsa 1956-yil iyul oyida Milton Berlening shouidagi chiqishi katta yoshlilarda unga nisbatan negativ reaksiyaga sabab boʻlgan). Uni imidjiga „isyonchi“ nomini berishgan. Elvis esa hech qachon oʻzini unday his qilmas edi.

1956-yilning yozida „Hound Dog / Donʼt Be Cruel“ singli chiqariladi, kuzda esa ikkinchi albom - „Elvis“ chiqariladi. Singl ham albom ham chartlarda 1-oʻrinni oladi. Plastinkalarni chet elda ham chiqartirgan Elvis umumjaxon mashhurlikni qoʻlga kiritadi (ayniqsa Buyuk Britaniya va Germaniyada). Oʻsha paytlar Tom Parker Elvisning yagona impresariosi edi.

Polkovnik Tom Parker

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parker shou-biznesda tajribali va jiddiy odam edi. Elvis bilan Parkerni tuzgan shartnomalariga koʻra foydaning 50 % Elvisga, 50 % esa Parkerga edi. Turli yillarda Parkerni foizi oʻzgarar edi. Kontrakt tuzilgan vaqtlar uning foizi 20ni tashkil qilar edi. Oʻsha paytlar Nil Bob Elvisning menedjeri edi va u 15 %ni olar edi. Polkovnik Elvisning shaxsiy hayotiga aralashmas edi. Parkerni moliyaviy kuzatuvidan chetda qolgani uchun Elvis millionlarini yoʻqotgan degan fikrlar bor, shuningdek koʻp foydalar soliq hizmati tarafidan roʻyxatga kiritilmagan edi. Shu sababli Elvis oʻlganidan keyin merosxoʻrlarida muammolar paydo boʻlgan edi. Tom Parker birinchi boʻlib qoʻshiqchini atributikasini ishlab chiqarishni boshlagan. Elvisni rasmi yoki nomi bosilgan ruchka, gitaralar, soatlar, taqvimlar, kiyimlar ishlab chiqarilgan.

Koʻp yillar oʻtgach Tom Parker AQSh ga 1920-yillarning ohirlarida Gollandiyadan kelgan noqonuniy immigrant ekanligi oʻrtaga chiqdi. Uning haqiqiy nomi Andreas Cornelis van Kuijk edi. 1948-yil polkovnik boʻlgan. Elvis hayot ekanligida bu faktlar hali maʼlum emas edi. [2]

Kinodebyut va armiya (1956—1959)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi filmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Populyar musiqada erishgan yutuqlari unga Gollivudga yoʻl ochadi. Bundan foydalanib Tom Parker 20th Century Fox va Paramount studiolari bilan shartnomalar tuzadi. Elvis roʻl olgan birinchi film „Love Me Tender“ filmi edi. Filmning premyerasi 1956-yil 15-noyabrda boʻlib oʻtdi. Filmda Elvis ikkinchi darajali roʻl oʻynaydi va atigi toʻrt ta qisqa qoʻshiq kuylaydi. Shunday boʻlsada oʻsha hafta hamma faqat Elvis uchun kinoteatrlarga boradi. Elvisning eng eski orzusi – aktyor boʻlish amalga oshadi. 1957-yil yana „Loving You“ va „Jailhouse Rock“ kabi ikki film yana chiqadi. Ikki film ham oniy muvaffaqiyatlarga erishadi.

Elvis oʻz idollari James Dean va Marlon Brando oʻynagan dramatik roʻllarni qumsar edi. Lekin kinostudiolar unga u qoʻshiq ayta olishi uchun oson roʻllar berar edilar. Shunday qilib u oʻz muhlislarini ishonchini oqlar edi. Elvisning toʻrtinchi filmi – „King Creole“ (1958) da oʻynagan roʻli uning eng artistik roʻllaridan hisoblanadi. Avval bu roʻl James Dean uchun moʻljallangan edi. Elvisning birinchi filmlarining musiqiy manbalari yuqori sifatli edi. Filmlar bilan parallel „Too Much“, „All Shook Up“, „Donʼt“, „A Big Hunk OʻLove“ kabi yangi singllar ham chiqarildi.

Armiya va „Memfis mafiyasi“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1958-yilning 24-martida Elvis 1956-yildan beri qoʻshiqchi qidirayotgan armiyaga chaqiriladi. Bu xabar mamlakat yoshlarining qarshiliklariga sabab boʻladi: armiya va prezidentga bu chaqiruvni bekor qilishlari haqida maktublar yuvoriladi. Armiya uchun Elvisning chaqirilishi hizmat nufuzining ortishi va yangi askarlarni diqqatini jalb qilish edi. 1958-yilning oxirida Elvisni Gʻarbiy Germaniya, Fridbergga yuvoradilar. Bundan oldin Elvisni shaxsiy hayotida tragediya roʻy bergan edi: 14-avgustda Memfisda onasi vafot qiladi.

Armiyada Elvis el qatori butun oddiy vazifalarni bajo keltiradi. Lekin boʻsh vaqtlarini boshqa askarlardan farqli oʻlaroq oʻtkazdi: Yevropani kezdi, yangi avtomobillar sotib qoldi (faqatgina 1958-yil iyunda studiyada yozildi). Presli alohida kvartirada Amerikadan kelgan doʻstlari bilan yashar edi. Keyinchalik bu doʻst va qarindoshlar guruhi matbuotda "Memfis mafiyasi" nomini oldi. „Mafiya“ning aʼzolari kundan kunga koʻpayib borar edi. Ular doim Elvis bilan edilar. Ular Elvis uchun qoʻriqchi, lakey, musiqachi va albatta doʻst kabi vazifalarni bajarar edilar. Aynan ular Germaniyadagi bir kechada 14 yoshli Prissilla Bulye bilan tanishtiradilar. Prissilla keyinchalik Elvisni hayotida muhim oʻrin oladi.

Kinosanoati asiri (1960—1968)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Armiyadan soʻng

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yil, 3-martda Elvis hizmatdan boʻshatiladi va Amerikaga qaytadi. Keyin tezda studiyada yozish ishlari boshlatilib yuboriladi, Elvis 1958-yil iyundan beri hech narsa yozmagan edi. Buning natijasida bir oydan keyin Elvisning eng yaxshi ishlaridan biri – „Elvis Is Back!“ albomi chiqariladi. „O sole mio“, „Sorrento“, „La Paloma“ kabi Yevropa qoʻshiqlarini inglizchada kuylaydi. 1960-yil davomida „Stuck On You“, „It’s Now Or Never“ („O sole mio“) va „Are You Lonesome Tonight?“ kabi yangi singllar chiqaradi. Bu rok-n-roll emas edi. Elvisning nafaqat musiqasidagi balki imidjidagi oʻzgarishlar yaqqol koʻzga tashlanar edi. Uning ijodi nafaqat rok-n-roll muhlislari, balki butun populyar musiqa tinglovchilari uchun edi. Bundan tashqari Tom Parker Preslining faoliyatini yanada daromatliroq – kino sferasiga qaratadi. Konsertlar toʻhtatilgan edi, lekin kinolar orqali Elvisni yilda bir necha marotaba butun dunyoda millionlarcha inson koʻra olar edi.

Armiyadan soʻng birinchi olingan filmi, amerikalik tankistni Germaniyadagi hizmati haqidagi „Askar blyuzi“ filmi. Film 1960-yilning eng tijoriy muvaffaqiyatli filmlaridan biri boʻladi. Film uchun yozilgan 12 qoʻshiq ham shunday mashhurlik qozonadi. Filmning muvaffaqiyati Parkerni ham Preslini ham toʻgʻri tanlov qilinganligiga ishontirdi. Filmning ketidan „Porlayotgan yulduz“ va „Wild In The Country“ filmlari chiqdi. Kinostudiyalarning maqsadi Elvisga oddiy badiiy kinoformat berish edi, shu sababli filmlarda deyarli qoʻshiqlar yoʻq edi. Ammo bu filmlarni tijoriy muvaffaqiyatsizlik kutayotgan edi. Oʻshanda musiqiy-komik janrga qaytish qarori olinadi va buning natijasida „Moviy Gavayi“ (1961) filmi olinadi. Bu filmning muvaffaqiyati qoʻshiqchining keyingi yoʻlini belgilab berdi: u deyarli oddiy, gollivudcha boʻlmagan albomlar yozishni toʻxtatdi: 1960-yildan 1968-yilgacha faqatgina 5 ta bunday albom chiqarildi qolgan 20 tasi film uchun yozilgan qoʻshiqlardna iborat edi.

Film syujetlari filmda faqat 10-12 ta qoʻshiq kuylashga moslanib tuzilar edi. Elvisga sportsmen, hindu, arab asiri, zamonaviy fotograf, tankist, kovboy, bokschi kabi juda ekzotik rollar berildi. Filmlar atayin Elvis uchun yozilar edi. Elvis bilan birga Gollivudning mashhur yulduzlari: Charles Bronson, Ann-Margaret, Sinatra Nancy, Ursula Andress va hatto kichik epizodda chaqaloq rolida Kurt Russel oʻynaydilar. Preslining filmlari butun oila uchun moslashtirib olinar edi.

1963-yilning martida Presli pomestyesi – „Greyslend“ga Prissilla Bulyeni olib keladilar. Prissilla bilan Elvis Germaniyadan kelgandan soʻng aloqani davom ettirgan edi. Uning ota-onasi va Preslining kelishib olganliklariga koʻra har kuni Katolik maktabiga borish sharti bilan Prissilaga Greyslendda yashashga ruhsat beriladi. Preslining butun vaqti Gollivudda filmlarda suratga olinish va „memfis mafiyasi“ bilan oʻtirishlar oʻtkazish bilan oʻtar edi. 1966-yilda polkovnik va Prissillaning ota-onasining majburlovlari ostida Elvis unga turmushga chiqishni taklif qilishga majbur boʻladi. Toʻy 1967-yil 1-mayda boʻlib oʻtadi. Boshida Elvisga oila hayoti yoqadi, lekin 1968-yil fevral oyida qizi – Liza-Marining tugʻilishidan keyin Elvis oilasidan uzoqlasha boshlaydi va eski hayot tarziga qaytadi.

Bitlz bilan uchrashuv

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yillarda bitlomaniya amerika hayotiga ham kirib kelgan edi. 1964-yil Beatlesning amerikaga birinchi tashrifida Presley jonli efirda telegramma bilan ularni salomlaydi. Oʻshandan keyin liverpultoʻrtligi va ularning yoshlik idolini uchrashtirishga urinishlar boshlandi. Ohiri 1965-yil 27-avgustda Kaliforniyada, Preslining uyida uchrashuv boʻlib oʻtadi. Bu uchrashuv yashirin tarzda oʻtqaziladi: hech qanday fotografiyalar, press-relizlarga ruxsat boʻlmaydi. Musiqachilar sovgʻalarini almashadilar va 1 soatdan keyin gitaralarida oʻynaydilar.

Presli bilan uchrashuv Bitlzda chuqur taassurotlar qoldiradi.[3] Elvisda esa aralash hislar boʻladi. Chunki uning musiqasining mashhurlikdan chiqishiga aynan Bitlz sababchi boʻladi.

Kinokaryerasining tugashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yilda suratga olinishda davom etayotgan filmlar Elvisga malol kelayotgan edi. Yilda 3 ta film olinayotgan edi. Shartnomalarda qutilish ham oson emas edi. Muammo faqatgina shartnomalarda emas edi. U vaqtga kelib rok musiqasi juda oʻzgargan edi. Oʻnlarcha britan guruhlari qoʻshiqlarini oʻzlari yozar va kuylar edilar. Elvisga ularni orasida joy yoʻq edi. Ohirgi martta 1967-yilda uning qoʻshiqlari hit-paradda 1-oʻrinni olgan edi. Kino-qoʻshiqlardan farqli va ulardan yaxshiroq nimadur shart edi Elvisga. 1967-yilning boshi va 1968-yilning ohirlarida Elvis kantri tarzida singllar yozishni boshlaydi: „Guitar Man“ (1967), „U. S. Male“ (1968). Lekin faoliyatidagi asl burilish 1968-yilning yozida boshlanadi.

Qaytish (1968—1969)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

NBCdagi teleshou

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1968-yilda Tom Parkerning aqliga Elvisni televideniyega opchiqish fikri keladi. Loyiha qoʻshiqchi bilan rojdestvo kechasi sifatida tanitildi. Ammo Parkerning bu loyihasi amalga oshmadi. NBC prodyuseri Stiv Binder Elvisda shunchaki „White Christmas“ qoʻshigʻini ijro etishdan koʻra radikalroq va yanada qiziqroq narsa qilish hohishini his qildi. Natijada oʻrtaga bir qancha boʻlimdan iborat qiziqarli shou chiqdi: Jam sessionlar. Jam sessionda tomoshabinlar qarshisida jonli ijro hayajoni Elvisni musiqiy ildizlariga: Blues va Rock’n rollga qaytardi. Suratga olish 1968 -yil 27-30-iyunda boʻlib oʻtti. Qora charmdan rock’n roll qiroli imidji uchun mos kiyingan Elvis, „Heartbreak Hotel“, „Blue Suede Shoes“, „All Shook Up“ kabi eski hitlari va „Guitar Man“, „Big Boss Man“, „Memories“ va yana bir qancha yangi qoʻshiqlardan ijro qiladi. Shouning apofeozi „If I Can Dream“ qoʻshigʻi boʻladi. Shou 1968-yil 3-dekabr kuni NBC kanalida namoyish qilinadi. Shou kritiklar tarafidan maqtovlar oladi. Shou Elvisga musiqaga boʻlgan qiziqishini qaytaradi. Elvis filmlarda suratga tushishga davom etti, lekin ularda qoʻshiq aytishni yigʻishtirib qoʻyadi. Elvisning ohirgi filmi „Change of Habit“ (1969) filmi boʻladi. 1969-yil Elvis butunlay Gollivuddan „Graceland“ ga qaytadi.

Yana Memfisda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

NBCdagi teleshou Elvisga yangi musiqiy format qidirishda oʻziga ishonch olib keldi. 1969-yilning qishini Memfisdagi „American Studios“da prodyuser Chips Moman bilan oʻtqazadi. Bu mehnatning natijasida bir yilning oʻzida ikki ta albom chiqariladi: „From Elvis In Memphis“ va „Back In Memphis“. Qoʻshiqchining faoliyatida bu ikki albom eng yaxshilardan biri hisoblanadi. Yahshi sifat esa yangi singllarning muvaffaqiyatlari bilan isbotlangan edi („In The Ghetto“, „Suspicious Minds“ va „Donʼt Cry Daddy“).

Konsert faoliyatlarining boshlanishi(1969—1973)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ohirgi yillar (1973—1977)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sogʻliq muammolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi albomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oxirgi gastrollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elvis 1977-yil 16-avgustda Gracelandning yuqori qavatidagi hammomida vafot etdi. Xabarlarga koʻra, u vannaxona tagida topilgan, keyin Elvis kasalxonaga yotqizilgan, u yerda rasmiy ravishda oʻlgan. Uning oʻlimi sirli va ziddiyatli boʻlib, koʻplab Elvis komplolari nazariyasiga olib keladi, biroq Elvis vafot etganida va uning oʻlimiga nima sabab boʻlganligi haqida dalillar bor.

Tergovchi oʻlim sababini kardiyak aritmiya deb qayd etdi. Eng qattiq maʼnoda haqiqiy boʻlsa (kardiyak aritmiya oddiygina u tartibsizlik yurak urishini boshdan kechirganini anglatadi va keyinchalik u Elvisning yuragini toʻxtatdi.

Aksariyat muxlislar shifokorlar ishtirok etganida, Elvisning oʻlimiga va tartibsiz yurak urishlariga sabablarni ataylab yoʻqotganini payqashgan. Keyinchalik, ushbu yurak kasalliklarining asosiy sababi retseptlovchi dori-darmonlarni, shu jumladan kodein, valium, morfin va demorolni haddan tashqari sarf qilish edi. Ehtimol, qoʻshimcha dorilar ham boʻlishi mumkin. Elvisning oʻlimiga oid bu maʼlumotni tarqatib boʻlgach, Elvisning otasi Vernon Presli toʻliq tekshiruv varagʻini yopib qoʻydi. Shohning oʻlimidan keyin ellik yil oʻtgach, u 2027-yilgacha muhrlanadi.

Elvis vafot etganidan soʻng, minglab muxlislar Memphisga borib, tiqinlar va boshqa muammolarga duch kelishdi. Milliy gvardiya 1977-yil 18-avgustda sodir boʻlgan dafn marosimida shaharga chaqirildi.

Oʻlimidan keyingi shuhrat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elvis tirikmi?

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiya va Filmografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqiy muvaffaqiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiziqarli maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pop-madaniyatida Elvis

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Alanna Nash. The Colonel: The Extraordinary Story of Colonel Tom Parker and Elvis Presley (Simon & Schuster: 2003) — ISBN 0-7432-1301. 2006-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-dekabr.
  3. The Beatles. The Beatles Anthology. Chronicle Books, LLC, 2000. ISBN 0-8118-2684-8
Elvis Presley
Diskografiya
Studiyaviy albomlar: Elvis PresleyElvisElvis' Christmas AlbumElvis Is Back!His Hand In MineSomething For EverybodyPot LuckHow Great Thou ArtFrom Elvis In MemphisBack In MemphisThat's The Way It IsElvis Country (I'm 10,000 Years Old)Love Letters From ElvisElvis Sings The Wonderful World Of ChristmasElvis NowHe Touched MeElvis (1973)Raised On RockGood TimesPromised LandTodayFrom Elvis Presley Boulevard, Memphis, TennesseeMoody Blue

Saundtreklar: Love Me TenderLoving YouJailhouse RockKing CreoleG.I. BluesBlue HawaiiFollow That DreamKid GalahadGirls! Girls! Girls!It Happened At The World's FairFun In AcapulcoViva Las VegasKissin' CousinsRoustaboutGirl HappyHarum ScarumTickle MeFrankie And JohnnyParadise, Hawaiian StyleSpinoutEasy Come, Easy GoDouble TroubleClambakeSpeedway
Konsert albomlari: Elvis (NBC-TV Special)Elvis In PersonOn StageElvis: As Recorded At Madison Square GardenAloha From HawaiiElvis: As Recorded Live On Stage In MemphisElvis in ConcertAfternoon In The GardenMemories: The ’68 Comeback
Terma va antologiyalar: Elvis' Golden RecordsFor LP Fans OnlyA Date With ElvisElvis' Gold Records, Volume 2Elvis' Golden Records, Volume 3Elvis for EveryoneElvis' Gold Records, Volume 4Almost In LoveYou'll Never Walk AloneWelcome To My WorldElvis Aron PresleyA Golden CelebrationThe King of Roc'n'RollFrom Nashville To MemphisIf Every Day Were Like ChristmasThe Essential 60’s Masters, Volume 2Walk A Mile In My ShoesPlatinum: A Life In MusicPeace In The Valley: The Complete Gospel RecordingsLive In Las VegasToday, Tomorrow And ForeverELV1S: 30Close Up

Filmografiya
Love Me TenderLoving YouJailhouse RockKing CreoleG.I. BluesFlaming StarWild in the CountryBlue HawaiiFollow That DreamKid GalahadGirls! Girls! Girls!It Happened at the World's FairFun in AcapulcoKissin' CousinsViva Las VegasRoustaboutGirl HappyTickle MeHarum ScarumFrankie and JohnnyParadise, Hawaiian StyleSpinoutEasy Come, Easy GoDouble TroubleClambakeStay Away, JoeSpeedwayLive a Little, Love a LittleCharro!The Trouble with GirlsChange of Habit
Hujjatli Filmlar
The Pied Piper of ClevelandElvis: That's the Way It IsElvis on TourThis Is Elvis