Kontent qismiga oʻtish

Yakov Protazanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yakov Aleksandrovich Protazanov [1881.23.1 (4.2) - Moskva - J945.8.8] — rejissor, Rossiyada (1935) va Oʻzbekistonda (1943) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Rus kinematografiyasi asoschilaridan. Ijodini 1907-yil dastlab sse-nariychi, keyinchalik rejissor sifatida boshlagan. "Qargʻa motkasi" (1916), "Sergiy ota" (1918) filmlari rejissorlik va operatorlik madaniyatining yuksakligi, aktyorlar oʻyinining mu-kammalligi bilan ajralib turadi. "Aelita" (1924), "Torjoklik bichiqchi" (1925), "Kirq birinchi" (1927), "Don Diyego va Pelageya" (1928), "Avliyo Yor-gen bayrami" (1930) kabi ovozeiz kinoning eng yaxshi namunalarini yaratdi. Hajviy filmlari satira, yumor va qiziqarli syujetlarga boydir. Ovozli kinoda yaratgan "Sepsiz qiz" (1937) filmi mumtoz kino fondidan oʻrin oldi. P. uzbek milliy kino sanʼatining shakllanishi va rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Urush yillari Toshkentda yashab, "Nasriddin Buxoroda" (1943) filmini yaratdi. Bu film uzbek kinematografiyasida komediya janrining shakllanishi va N. Gʻaniyev, R. Pirmoʻhamedov, A. Ismatov kabi ma-halliy kino arboblarining ijodiy kamolotida muhim rol oʻynadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil