Kontent qismiga oʻtish

Sinxrofazotron

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Protonlar sinxrotronidan yoʻnaltirildi)

Sinxrofazotron (yun. synchronos — bir vaqtdagi va fazotron), protonlar sinxrotroni — oʻzgarmas radiusli orbita boʻyicha harakatlanuvchi protonlarning siklik rezonans tezlatkichi. S.ning vakuum kamerasi halqasimon, uning magnit tizimi halqa boʻylab koʻyilgan 4 yoki undan ortiq magnit seksiyalardan iborat. Tezlatilayotgan protonlar S.ga kiritilishidan oldin maxsus tezlatkichlarda 50—100 mln. eV gacha tezlatib olinadi, chunki shu energiyada protonlarning tezligi nisbatan tez usadi. Bunday energiyagacha tezlatib beruvchi tezlatkichlar injektorlar deb ataladi. Koʻpincha, injektorlar sifatida chizikli rezonans tezlatkichlardan foydalaniladi. S.lar kucheiz va kuchli fokuslash asosida ishlaydi. Hozirgi S.lar faqat kuchli fokuslash asosida ishlaydi. S.da tezlatiladigan protonlarning maksimal energiyasi 500 GeV gacha (qarang Tezlatkichlar).