Kontent qismiga oʻtish

Protsessing

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Protsesssingdan yoʻnaltirildi)

Protsessing — toʻlov operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan maʼlumotlarni qayta ishlash faoliyati.  Bunday faoliyat protsessing markazlari (toʻlov xizmatlari provayderlari) tomonidan amalga oshiriladi[1]. Protsessing xizmatlari koʻproq quyidagi sohalarda qoʻllanadi:

  • elektron toʻlovlarni qayta ishlash;
  • plastik kartalarni qayta ishlash.

Protsessingni xalqaro va mahalliy toʻlov tizimlarining kartalariga tegishli xizmat koʻrsatish operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan bank faoliyatiga va bankdan tashqari faoliyatga boʻlish kerak. Bank protsessing — bank kartalarini chiqarish (emissiyasi) yoki ularni qabul qilish (ekvayring) xizmatlaridan iborat. 

Muntazam toʻlovlarni qabul qilish (uyali aloqa, internet, raqamli texnologiyalar, kommunal xizmatlar va boshqalar), pul oʻtkazmalari, shuningdek, yangi yoʻnalish — nobank kartalari (ijtimoiy, transport, sovgʻa, benzin) kabi operatsiyalarga xizmat koʻrsatish  nobank protsessingga misol boʻladi.

  • Protsessing / O. N. Misko // Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov. — M. : Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2004—2017.