Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Pryanishnikov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dmitriy Nikolayevich Pryanishnikov (1865.25.10(6.11), Kyaxta shahri -1948.30.4, Moskva) — rus agrokimyo maktabi asoschisi. SSSR fanlar akademiyasi akademik (1929), VASXNIL akademik (1935), Mehnat Qahramoni (1945). Pryanishnikovning ilmiy ishlari oʻsimliklarni oziqlantirish va dehqonchilikda oʻgʻitlardan foydalanish, agrokimyo, qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish masalalariga bagʻishlangan. Olimning "Agrokimyo" (1940) asari dehqonchilikda oʻgʻitlarni qoʻllashning ilmiy asosi hisoblanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil