Kontent qismiga oʻtish

Galina Pugachenkova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Galina Pugachenkova
Tavalludi 7-fevral 1915-yil
Vafoti 18-fevral 2007-yil(2007-02-18)
(92 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi arxeolog va sanʼatshunos
Unvoni Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964)
Turmush oʻrtogʻi Mixail Yevgenyevich Masson
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

Galina Anatolyevna Pugachenkova (1915-yil 7-fevral –Verniy , Olmaota – 2007-yil 18-fevral) – taniqli arxeolog va sanʼatshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964), mashhur arxeolog Mixail Yevgenyevich Massonning rafiqasi. Pugachenkova ellinizm davridan to temuriylargacha boʻlgan sanʼat tarixini, koroplastizmdan meʼmorchilikgacha, buddizmdan islomgacha boʻlgan sanʼat tarixini oʻrgangan[1].

Galina Anatolyevna 1915-yil 7-fevralda Verniy shahrida tavallud topgan.

Galina 1930-yilda maktabni tugatgan. 1932-yilda Toshkentga kelib, Oʻrta Osiyo sanoat institutining[2] arxitektura fakultetiga oʻqishga kirgan[3]. 1937-yilda institutni imtiyozli diplom bilan tugatgan va shu institutning Oʻrta Osiyo arxitektura tarixi fakultetining aspiranturasiga oʻqishga kirgan. Pugachenkova 1938-yildan 1941-yilgacha shu yerda tahsil olgan. 1941-yilda arxitektura fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Navoiy davri arxitekturasi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4].

1930-yillarda mashhur arxeolog M. E. Massonning shogirdlaridan biri boʻlgan va keyinchalik unga turmushga chiqqan. Shubhasiz, ilm-fanning buyuk tashkilotchisi, „Markaziy Osiyo arxeologiyasining patriarxi“ deb atalgan odam bilan hamkorlik qilish Galina Anatolyevnaning faoliyatiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Pugachenkova 19421960-yillarda Oʻrta Osiyo universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) tarix fakulteti arxeologiya kafedrasida dotsent va 1962-yil professor boʻlgan. 19581960-yillarda Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim, 19601984-yillarda sanʼat va meʼmorlik tarixi boʻlimi mudiri hamda 19591984-yillarda Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasida boshliq va ilmiy rahbar boʻlgan. Galina 19841987-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari boʻlimi kotibi, 1987-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix ilmiy tadqiqot institutida akademik maslahatchi lavozimlarida faoliyat olib borgan. Pugachenkovaning ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo va unga yondosh Oʻrta Sharq mamlakatlarining qadimiy, badiiy va moddiy yodgorliklarini oʻrganishga bagʻishlangan.

19861989-yillarda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar boʻlimi akademik kotibi lavozimida ishlagan. 1988-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori maslahatchisi, 1994-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi Arxeologiya institutining Toshkent guruhida yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan.

1983-yildan „Sovet Oʻzbekistoni“ jurnali tahririyati aʼzosi boʻlgan.

2007-yil 18-fevralda Toshkentda vafot etgan. U Toshkentdagi Doʻmbrabod qabristonida turmush oʻrtogʻi, taniqli arxeolog, akademik Mixail Massonning yoniga dafn etilgan.

Pugachenkovaning ilmiy merosi nafaqat nashr etilgan asarlar, balki uning butun hayoti davomida toʻplagan arxividir. Unga ilmiy ishlarning qoʻlyozma va mashinkada yozilgan matnlari, dala kundaliklari, yozishmalar, eslatmalar, bibliografik koʻchirmalar, fotosuratlar, kino, chizmalar, rejalar va chizmalar kiradi. Bu hujjatlarning barchasi Oʻrta Osiyodagi meʼmorchilik, arxeologiya, sanʼatshunoslik va yodgorliklarni taʼmirlash bilan bogʻliq. Arxivning ahamiyati shundan iboratki, unga kiritilgan hujjatlar bibliografik jihatdan nodir boʻlib, koʻrgazmali materiallar sifati Pugachenkovaning nashr etilgan asarlariga qaraganda yuqoriroq baholanadi[5].

Arxiv jami 342 ta ilmiy hujjatlar va 3 ta shaxsiy xat jildlaridan iborat. Uni raqamlashtirish boʻyicha ishlar 2018-yil dekabr oyida boshlangan. Doktor Svetlana Gorshenina va sanʼatshunoslik fanlari nomzodi Boris Chuxovich dastlab hujjatlarni changdan tozalab, soʻngra arxivni raqamlashtirish, tizimlashtirish, tavsiflash va maxsus yaratilgan veb-saytda nashr etishni boshlaganlar[6].

Fransiyadagi Strasburg universitetining faxriy doktori (1976), Bokudagi Sharq mamlakatlari xalqaro meʼmorlik akademiyasi faxriy akademik (1999) boʻlgan. Hamza (1966) va Beruniy (1992)[7] nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari laureati. 1995-yilda "Doʻstlik"[8] va 2002-yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni[9] bilan mukofotlangan[10].

  1. Тигран Мкртычев. „Следы империй. Культура Центральной Азии от Александра Македонского до Тимуридов“. Феномен Пугаченковой (Ru). Academia.edu (2018). 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  2. Позднее получивший название Ташкентский политехнический институт, а в настоящее время называющийся Ташкентский государственный технический университет.
  3. Светлана Горшенина. „Биография Г.А. Пугаченковой“ (Ru). Открытый архив: Галина Пугаченкова. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  4. Валерий Германов. „Следы империй. Культура Центральной Азии от Александра Македонского до Тимуридов“. Пугаченкова: вехи судьбы (Ru). Academia.edu (2018). 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  5. Светлана Горшенина. „Значение архива“ (Ru). Открытый архив: Галина Пугаченкова. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  6. Светлана Горшенина. „Спасение архива“. Работа над оцифровкой и классификацией документов архива (Ru). Открытый архив: Галина Пугаченкова. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  7. Указ Президента Республики Узбекистан от 4 may 1992 года № УП-394 «О присуждении Государственных премий Республики Узбекистан имени Абу Райхона Беруни в области науки и техники
  8. Указ Президента Республики Узбекистан от 6 fevral 1995 года № УП-1076 «О награждении Орденом «Дустлик» Пугаченковой Г.А.
  9. Указ Президента Республики Узбекистан от 26 avgust 2002 года № УП-3119 «О награждении в связи с одиннадцатилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, искусства, просвещения, средств массовой информации и социальной сферы
  10. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Galina Anatolyevna Pugachenkova, T., 1985; Gorshenina S, Galina Pugachenkova, T., 2002.
  • Vidayushiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana (v soavtorstve), T., 1960; Xalchayan. K probleme xudojestvennoy kulturi Severnoy Baktrii, T., 1966; Zodchestva Sentralnoy Azii, XV vek. Vedushiye tendensii i cherti, T., 1976; Iskusstvo Baktrii epoxi Kushan, M., 1979; Iskusstvo Gandhari, M., 1982; Temurning meʼmoriy merosi (oʻzb., rus, fransuz), T., 1996.