Pul massasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pul Massasidan yoʻnaltirildi)

Pul massasi — xoʻjalik aylanmasiga xizmat koʻrsatadigan va xususiy shaxslar, korxonalar va davlatga tegishli xarid va toʻlov vositalarining jami hajmi. Pul massasi muomaladagi va jami Pul massasigaboʻlinadi. Muomaladagi Pul massasi muayyan davrda, muayyan sanada harakatda, muomalada boʻlgan pul miqdorini, jami Pul massasi muomalaga chiqarilgan pullarning toʻliq miqdorini bildiradi. Unga naqd pullar, korxonalar va aholining banklarda hisob varaqlarda saqlanayotgan pul mablagʻlari, toʻlanishi shart boʻlgan pul majburiyatlari kiradi. Tovar ayirboshlash va toʻlov-hisobkitob munosabatlari shakllarining rivojlanishi bilan muomalada yurgan Pul massasining tarkibi va tuzilmasi jiddiy oʻzgarishlarga uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil