Kontent qismiga oʻtish

Qadimgi hind tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qadimgi Hind Tilidan yoʻnaltirildi)

Qadimgi hind tili — miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalarida shimoliy-gʻarbiy Hindistonga bostirib kirgan qadimiy oriylar tili; Hindiston yarim orolining shim. va markaziy qismlarida tarqalgan. Qadimgi hind tili hindevropa tillarining dastlabki, ilk vakillaridan hisoblanib, qadimiy eroniy tillar (avesto tili, qadimiy fors tili)ga yaqin qarindosh boʻlib, ular bilan birgalikda oriy tillar birligini tashkil etadi. Hindiston boʻylab tarqalish jarayonida Qadimgi hind tilit. substrat tillar (dravid tillari, munda tillari)ning bir qancha xususiyatlarini oʻziga singdiradi. Qadimgi hind tilit.da xronologik jihatdan va lahjaviy asosiga koʻra bir-biridan farqlanuvchi 2 ta til mavjud — Hindistonning shim.gʻarbida veda tili va shim. markaziy qismida sanskrit. Prakritlar (oʻrta hind tillari) bilan boʻlgan aloqalar, bir tomondan, Qadimgi hind tilit.da koʻplab prakritizmlarning paydo boʻlishiga, ikkinchi tomondan, sanskritning sezilarli taʼsiri boʻlgan prakrit lahjalari asosida Qadimgi hind tilining gibrid koʻrinishlari shakllanishiga olib kelgan. Oriylarning Hindistonga kirib kelgungacha boʻlgan koʻchib yurish davri Gʻarbiy Osiyoning qadimiy xalqlari tillaridagi koʻplab qadimiy hind atoqli otlari, maʼbudlarning nomlari, yilqichilik atamalarida oʻz aksini topgan. Veda tili va sanskritdan tashqari yana boshqa qadimiy hind lahjalari ham boʻlgan, lekin ular tegishli matnlarda saqlanib qolmagan. Ular asta-sekin rivojlana borib, bir qancha oʻrta hind tillariga asos boʻlgan[1].

  1. OʻzME