Kontent qismiga oʻtish

Selderey

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qafasdan yoʻnaltirildi)

Selderey, qafas (Apium) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; sabzavot ekini. Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika va Avstraliyada 20 turi tarqalgan. Xushboʻy S. (A. graveolens) jahondagi barcha dehqonchilik mintaqalarida ekiladi. Uning bargli S. (A. graveolens var. secalinum), ildizmevali S. (Selderey var. rapaceum) va bandli S. (Selderey var. dulce) xillari bor. Asosan, ikki yillik S. ekiladi. Birinchi yili 80100 sm poya chiqarib, barg toʻplami, 2-yili poya chiqarib toʻpgul hosil qiladi. Gullari mayda, oq, chetdan changlanadi. Poyasi sershox. Bargi va ildizida 4,3% qand, S, V,, V2 vitaminlar, A provitamini, efir moyi, mineral tuzlar bor. Sovuqqa chidamli, yorugʻsevar, suvga talabchan. Urugʻi fevr.mart oylarida sepiladi. Oshkoʻki sifatida isteʼmol qilinadi, goʻsht, sabzavot, konservalashda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil