Kontent qismiga oʻtish

Stannin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qalay kolchedanidan yoʻnaltirildi)

Stannin (lot. stannum — qalay), qalay kolchedani — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Cu2FeSnS4, unda: Si—29,5%, Fe 13%, Sn 27,5%, S29,9% hamda Zn, Sb, Cd, Pb va Ag aralashmalari mavjud. Pegmatitlar, kvarsdala shpatlari tomirlari va greyzenlar bilan bogʻliq yuqori trali S. kub simmetriyali boʻlsa, kasseteritsulfid konlarida keng tarqalgan past trali S. tetragonal simmetriyaga ega, uning kristall strukturasi xalkopiritnikiga oʻxshash. Oʻziga xos yashil tovlanuvchan, kulrang. Qattikligi 3— 4,5; zichligi 4,3 — 4,5 g/sm³. Moʻrt, elektrni yaxshi oʻtkazadi. Qalay rudalarining zararli aralashmasi. S. gidrotermal konlarda hosil boʻladi, volframqalay konlarida kasseterit (SnO2), xalkopirit, arsenopirit, volframit va boshqa minerallar bilan assotsiatsiyada uchraydi. S.ning yirik toʻplamlari Rossiya Federatsiyasi (Dalnegorskiy, Xeta, Saxa), Tojikiston, Kanada, Buyuk Britaniya, Boliviyada maʼlum. Oʻzbekistonda ChatqolQurama togʻlari — Navgarzon, Lashkarak, Sargardonda; Oʻzbekiston gʻarbida — Qizqoʻrgʻonda dolomitlarning metasomatik oʻzgarishi natijasida yuzaga kelgan tillit, frankent, sfalerit va pirit bilan assotsiatsiyada uchraydi. Konsentratsiyasi yuqoriroq boʻlsa qalay rudasi sifatida foydalanish mumkin.