Kassiterit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kassiterit (yun. kassiteros — qalay), qalaytosh —oksidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi SnO2. Tarkibida Fe2O3 (13% gacha), Ta2O3, Nb2O3 (9% gacha) va hokazo qoʻshimchalari bor. Qalayning miqdori 78,6%. Tetragonal singoniyali. Dipiramidal, ustunsimon, ninasimon kristallar va donador agregatlar holida uchraydi. Rangi qoʻngʻirdan qoragacha, baʼzan sariq, qizgʻish. Olmossimon yaltiroq. Qattiqligi 6—7. Zichligi 6—7 g/sm3. Koʻpincha qoʻngʻir, baʼzan jigarrang, olmosdek yaltiraydi. Gidrotermal, greyzen, pegmatit va sochma konlari maʼlum. K. konlari, odatda, nordon intruziv togʻ jinslari (granit) bilan bogʻliq. Hosil boʻlishi magmatikdan gipergengacha. K.ning eng istiqbolli sanoatbop toʻplamlari gidrotermal kvarskassiterit va sulfid kassiteritli yertomirlarda uchraydi. K. Oʻzbekistonda 20-asrning 30-yillarida topilgan, hozirgi bir necha turi maʼlum. K. konlari Oltintogʻ, Turkiston, Qoratepa, Zirabuloq - Ziyovuddin, Sultonuvays togʻi, Hisor togʻlarida bor. Xorijda K. konlari Rossiya Federatsiyasi (Primorye), Ukraina, Malayziya, Tailand, Indoneziya, Xitoy, Boliviya, Nigeriya va boshqa joylarda aniqlangan. K. — qalayning asosiy rudasi. Ayni vaqtda konsentratdan Nb, Ta kabi noyob metallar ham ajratib olinadi. Oltintogʻ K. rentgenogrammasi dunyoda qabul qilingan Aniqlagich (Mixeyev, 1957)da etalon sifatida qabul qilingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |