Kontent qismiga oʻtish

Tugmachagul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qaldirgʻochoʻtdan yoʻnaltirildi)
Malva sylvestris

Tugmachagul (Malva L.) — gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik yoki koʻp yillik oʻtlar turkumi; begona oʻt; Gʻarbiy Yevropa, Kichik Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Xitoy va Shimoliy Afrikada oʻsadi. Oʻzbekistonda tugmachagulning bir necha turi: befarq tugmachagul (M. neglecta Wall.), Mavritaniya tugmachaguli (M.mauritana L.), oʻrmon tugmachaguli (M. silvestris L), buxoro tugmachaguli (M. bucharica Iljin.) uchraydi.

Poyasi yer bagʻirlab, baʼzan yerdan bir oz koʻtarilib oʻsadi. Shoxlangan, boʻyi 10-40 sm. Ildizi oʻq ildiz. Barglari uzun bandli, 5-7 boʻlakli. Gullari 3-4 tadan barg qoʻltigʻida joylashgan. Mevasi tugmachasimon, dumaloq, mayin tuklar bilan qoplangan, 14 (12-16) ta danakchali toʻpmeva. Aprel-dan oktabrgacha gullab mevalaydi. Bir tup tugmachagul yiliga 300-500 dona urugʻ beradi. Tabobatda qoʻllanadi. Bargi Kavkazda ovqatga ishlatiladi.