Kontent qismiga oʻtish

Qolmoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qalmoqdan yoʻnaltirildi)

Qolmoq – oʻzbek xalqi tarkibiga kiruvchi turk-moʻgʻul urugʻlaridan biri[1]. Samarqand, Buxoro viloyatlarida asosan yashaydilar. Ushbu urugʻ oʻzbek xalqidan tashqari qirgʻizlar[2], sibir tatarlari[3] va turkmanlar[4] tarkibiga ham kiradi.

Abdurazzoq Samarqandiyga koʻra Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxon islom dinini qabul qilgach islomga oʻtmagan Oʻrda xalqini avliyo Said ota Mavarounnahrga olib kelgan. Lekin ular bu yerda Said otadan ajralib ketishgan va shu yerda yashab qolishgan[5]. Sharofiddin Ali Yazdiyga koʻra esa Oltin Oʻrdadan Amir Temur huzuriga elchi boʻlib kelganlarni qolmoqlar deb atashgan[6]. Ushbu urugʻ vakillari Amir Temur qoʻshinida boʻlgan boʻlishi mumkin.

  1. Nasabnoma
  2. Istoricheskaya geografiya Rossii: novie podxodi. – Institut Rossiyskoy istorii, 2004. – S. 110. – 208 s. – ISBN 9785805501341. Arxivnaya kopiya ot 11 iyulya 2020 na Wayback Machine
  3. Fayzraxmanov G. L. Istoriya sibirskix tatar: s drevneyshix vremen do nachala XX veka. – FEN, 2002. – S. 236. – 486 s.
  4. Ataniyazov S. Slovar turkmenskix etnonimov / Azimov P., Annanepesov M. – Ilim, 1988. – S. 39. – 179 s.
  5. Abdurazzoq Samarqandiy
  6. Sharafiddin Ali Yazdiy