Kontent qismiga oʻtish

Toʻfon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qasirgʻadan yoʻnaltirildi)

Toʻfon, dovul — 1) Bofort shkalasi boʻyicha kuchi 12 balli, yaʼni tezligi 35 m/sek.dan ziyod, Yer atmosferasidagi eng kuchli shamollarpan. T. binolarga katta zarar yetkazadi, daraxtlarni sindiradi; dengizlarda kuchli toʻlqin hosil qilib, kemalar suzishini qiyinlashtiradi, halokatlarga ham olib kelishi mumkin. T., odatda, serharakat siklonlar bn bogʻliq vujudga keladi. Baʼzan kuchli quyun tarzida roʻy beradi; 2) yahudiy, xristian, islom dinlarining ilohiy kitoblarida nakl etilgan olamni suv bosishi. Bu hodisa osiy bandalarga xudo tomonidan yuborilgan jazo sifatida taʼkidlanadi. Qurʼonning bir necha oyatlarida bu voqea [[Nuh paygʻambar davrida sodir boʻlgani qayd etilgan. Bu naqlda mil. av. 3ming yillikning oxirida Mesopotamiyayaa yuz bergan ulkan suv toshqini aks etgan boʻlishi mumkin (yana qarang [[Nuh).