Kontent qismiga oʻtish

Qayum Murtazoev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qayum Murtazoyevdan yoʻnaltirildi)

Murtazoev Qayum Murtazoevich (1926-yil 14-avgust Konibodom1982-yil 25-may Toshkent) — Sovet va Oʻzbekiston davlat va komsomol partiyasi yetakchisi.

1926-yil 14-avgustda Tojikiston SSRning Konibodom shahrida tugʻilgan. N. Narimanova nomidagi 1-umumta’lim maktabida o‘qigan(1934 — 1942). Fargʻona davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1944 — 1948). Institutda ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullangan. Diplomini olgach, Farg‘ona shahar komsomol qo‘mitasiga ishga qabul qilingan. 1942-yildan komsomol aʼzosi. 1948-yildan KKP aʼzosi boʻlgan.

  • 1942— 1943 — Fargʻona shahri, "Узбплодоовощ" korxonasi bazasi ishchisi.
  • 1947—1948 — O‘zbekiston komsomoli Farg‘ona shahar qo‘mitasining 2-kotibi ,
  • 1948—1950 yillar — Oʻzbekiston komsomoli Fargʻona shahar qoʻmitasining 1-kotibi,
  • 1950—1951 — O‘zbekiston komsomoli Farg‘ona viloyat qo‘mitasining 2-kotibi,
  • 1951—1952-yillar — Oʻzbekiston komsomoli Fargʻona viloyat qoʻmitasi 1-kotibi,
  • 1952-yil —Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Qoʻmitasining kadrlar boʻyicha kotibi,
  • 1952—1958-yillar — Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Qoʻmitasining 1-kotibi,
  • 1958—1960-yillar — Komsomol Markaziy Qoʻmitasining kotibi, ittifoq respublikalarini boshqargan;
  • 1960—1965-yillar — Toshkent shahar partiya qo‘mitasining 1-kotibi,
  • 1965—1977 yillar — Buxoro viloyat partiya qo‘mitasining 1-kotibi,
  • 1977—1982 — Oʻzbekiston SSR Mehnat va ijtimoiy taʼminot davlat qoʻmitasi raisi.

Komsomol MK aʼzosi (1954—1962). Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. SSSR va O'zSSR Oliy Kengashi deputati boʻlgan.

Sharof Rashidov o‘zining fidoiy, sodiq safdoshlaridan biri bo‘lgan Qayum Murtazoyevni kutilmaganda va balkim qandaydir nohaq tuhmat tufayli Buxoro viloyat partiya qo‘mitasining birinchi kotibligidan chetlatdi. Nafaqat ishdan olindi, balki juda qattiq haqorat qilingan.