Kontent qismiga oʻtish

Qozonxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qazon Sultondan yoʻnaltirildi)

Qozonxon, Qazon Sulton (? -1347) — Chigʻatoy ulusi xoni (1332— 47). Chigʻatoyxon naslidan boʻlgan Yasavur oʻgʻlonning farzandi. 1332-yil movarounnahrda xonlik taxtiga oʻtiradi. Q.ning hukmronlik vaqtida zoʻravonlik va zulm kuchayadi, aholining turmushi yomonlashadi. Amir Qazagʻon ulusning tirik qolgan aʼyonlari bilan ittifoq tuzib bosh koʻtaradi va Soli-Saroyda qoʻshin toʻplab, Q.ga qarshi jangga tayyorlanadi. 1345 yilda Darayi Zangiy qishlogʻi yaqinidagi dashtda har ikki qoʻshin toʻqnashadi. Bu jangda amir Qazagʻonning qoʻshini magʻlubiyatga uchraydi. Gʻolib Q. Qarshi shahri tomon yoʻl oladi. Shu yili qishning qattiq sovugʻidan Q. lashkari ulovining koʻp qismi qirilib ketadi. Amir Qazagʻon bu holatdan xabar topgach, zudlik bilan qoʻshin jamlab, Q.ni yoʻq qilmoq maqsadida raqibi tomon yuradi. 1347-yilda 2 tomon lashkarlari yana toʻqnash keladi. Jang amir Qazagʻonning gʻalabasi bilan yakun topadi. Q. jang maydonida qatl qilinadi.