Kontent qismiga oʻtish

Qimiz bilan davolash

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qimiz Bilan Davolashdan yoʻnaltirildi)

Qimiz bilan davolash - qimizni davo sifatida iqlim bilan davolash (klimatoterapiya) bilan birga qoʻllash. U sigir sutiga nisbatan yengil hazm boʻlishi va soʻrilishi bilan ajralib turadi. Qimizning tibbiy jihatdan foydali ekanligi oʻrganilgan. Darmonsizlik, kamqonlik, meʼda-ichak, asab tizimi kasalliklari, sil va boshqalarda davo maqsadida qimizdan foydalaniladi. U ishtahani ochadi, meʼda sekretsiyasini kuchaytiradi va ovqatni ichaklarda soʻrilishini yaxshilaydi, yurak muskulini mustahkamlab, uning oziqlanishini ravonlashtiradi.

Oʻzbekistondagi ayrim shifoxona va sanatoriylarida ("Paxtali koʻl", "Chimyon" da) Qimiz bilan davolashd. yoʻlga qoʻyilgan. Qimizni kuniga 6 mahal 100 ml dan (kam quvvat bemorlarga 50 ml dan) beriladi, keyinchalik 250 ml ga yetkaziladi. Uy trasida boʻlgan qimizni nahorda, nonushta va tushlikdan keyin 1,5 soat oʻtgach, hoʻplabhoʻplab ichiladi. Kechki ovqatdan keyin ichish tavsiya etilmaydi. Ichakka infeksiya tushishi va zaharlanishning oldini olish maqsadida qimiz faqat pasterizatsiya qilib tayyorlanadi (qarang Pasterlash).