Kontent qismiga oʻtish

Termitlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qir Chumolilardan yoʻnaltirildi)
Termitlar (ona, ota, ishchi, qoʻriqchi)
termitlar uyasi

Termitlar, qir chumolilar, oq chumolilar (Isoptera) — hasharotlarning bir turkumi. 2600 turi maʼlum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Chumolilarga oʻxshab (bir necha yuzdan milliongacha individi birga) jamoa boʻlib uya (in)larda yashaydi. Jamoada ona, ota, ishchi va qoʻriqchi individlar bor. Ona termitlar (tanasi 140 mm cha; boshqalarniki 2—20 mm) 10 yilgacha yashab, umr boʻyi (115 mln.gacha) tuxum qoʻyadi. Maʼlum davrlarda uzun, teng qanoatli erkak va urgʻochi termitlar (keyinchalik kanotini tashlab yuboradi; fasetkali koʻzlari bor. Boshqalarida koʻz rivojlanmagan yoki yoʻq) paydo boʻlib turadi. Bular yangi koloniya asoschilaridir. Koʻpchilikni qanotsiz ishchi termitlar (asosan, urgochisi) tashkil qiladi. Ular uya qurish, oilaning boshqa aʼzolarini ovqatlantirish vazifasini bajaradi. Uyasini yer ustiga (15 m balandlikda, aylanasi 20—30 m) yoki tagiga, shuningdek, daraxtlarga yasashi mumkin. Oʻsimlikning yogʻoch qismi bilan ovqatlanadi. Ular ichagida yogoch kletchatkasini hazm qila oladigan ferment ajratuvchi xivchinlilar simbioz yashaydi. Qoʻriqchilarning bosh kismi jagʻlari juda rivojlangan boʻlib, uyaga begona hasharotlarni kiritmaydi. 8 turi, jumladan, Oʻrta Osiyoda turkiston termiti uchraydi. Termitlar inshootlarning yogʻoch qismini buzadi, tropik mamlakatlarda esa ekinlarga ham zarar keltiradi.

TERMO... (yun. therme — issiq, harorat) — qoʻshma soʻz boʻlagi. Issiklikka oidlikni bildiradi (mas., termometr, termodinamika).



termitlar oilasi 1ta urg'ochi va 1 erkak termitlar hamda bir necha miliongacha ishchi va qo'riqchilardan iborat ona termit juda yirik