Qigʻiz-oʻzbek xalqaro universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

B.Siddiqov nomidagi Qigʻiz- Oʻzbek xalqaro universiteti — (QOʻXU) (qirgʻizcha; KIRGIZ-ӨZBYeK EL ARALIK UNIVYeRSITYeTI)

Qirgʻiziston Respublikasi hukumatining 1994-yil 19-iyuldagi 505-sonli qarori asosida Qirgʻiz-Oʻzbek oliy texnologiya kolleji tashkil etilgan boʻlib Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining G. Ayiyeva koʻchasi, 27-uyda joylashgan. Prezidentning 1997-yil 31-martdagi farmoniga asosan qirgʻiz-oʻzbek texnologiya kolleji universitetga aylantirildi.

Universitetning faoliyati jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzining faoliyati davomida universitet bir necha bor davlat attestatsiyasi va litsenziyalash imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va natijada taʼlim faoliyati va mutaxassislarni bitirishga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi sertifikat va litsenziyalarni oldi. Ayni paytda Qirgʻiz-Oʻzbek universiteti quyidagi sertifikatlar asosida mutaxassislar tayyorlamoqda.

1) Oliy kasb-hunar taʼlimi uchun-sf160000117-sonli sertifikat — reg.№ S16 / 0016, 2016 yil, amal qilish muddati 01.09.2020);

2) Oʻrta kasb — hunar taʼlimi uchun-vk180000438-sonli sertifikatlar (reg.№ 074, 2018 yil, amal qilish muddati 23.10.2023), №VK180000448 (reg.№ 075, 2018 yil, amal qilish muddati 23.10.2023), №VK180000027 (reg.№ 028, 2018 yil, amal qilish muddati 27.12.2022), № VK180000537 (reg.№ 046, 2018 yil, amal qilish muddati 24.11.2023)

3) Dastlabki kasb-hunar taʼlimi uchun-vk170000032-sonli sertifikat — reg.№ 003, 2017 yil, amal qilish muddati 25.05.2022)

Universitetda Qirgʻiziston talim vazirligi tomonidan berilgan litsenziyalar asosida 23 ta oliy, 21 ta oʻrta va 4 ta boshlangʻich kasb-hunar taʼlimi dasturlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda universitetda 5 ta fakultet, 3 ta kollej, 1 ta kasb-hunar litseyi taʼlim faoliyatini olib bormoqda.

Oʻquv jarayoni 9 ta oʻquv binosida tashkil etilgan boʻlib, ular binolarning oʻquv mashgʻulotlariga yaroqliligi toʻgʻrisida tegishli organlarning xulosalariga ega. Barcha maʼruza zallari va oʻquv-laboratoriya auditoriyalari zamonaviy texnik vositalar (interfaol doskalar, projektorlar va boshqalar) bilan jihozlangan, videokuzatuvlar oʻrnatilgan, ixtisoslashtirilgan virtual oʻquv laboratoriyalari, kompyuter laboratoriyalari va yuqori tezlikdagi internetga ulangan multimedia auditoriyalari ishlaydi. 2005-yil universitet qoshida talim sifatini nazorat qilish boʻlimi tashkil etildi va keyinchalik 2008-yil sentyabr oyida akkreditatsiya va talim sifati boʻlimiga aylantirildi.

Fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tabiiy-pedagogik va axborot texnologiyalari fakulteti
  • Gumanitar va pedagogika fakulteti
  • Yuridik va bojxona fakulteti
  • Muhandislik va texnologiya fakulteti
  • Tarix va filologiya fakulteti
  • Moliya-iqtisodiyot fakulteti

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1][2]

  1. „Общее сведение о Кыргызско-Узбекский Международный университет имени Батыралы Сыдыкова“ (2019-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  2. „Kyrgyz-Uzbek University (KUU) in Osh, Kyrgyzstan“. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.