Kontent qismiga oʻtish

Qirgʻizlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qirg‘izdan yoʻnaltirildi)
Qirgʻizlar
кыргыздар
[[Fayl:
Chingiz Aytmatov Kurmanjan Datka Jengishbek Nazaraliev
Fayl:Bundesarchiv Bild 183—1989-0806-003, Andreas Otto, Orsubek Nasarow.jpg
Bubusara Beyshenalieva Almazbek Atambayev
|300px]]
Umumiy aholi soni

6,5 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Qirgʻiziston 5 000,000 [1]
 Oʻzbekiston 511,000(2021) [2]
 Xitoy 500,000 [1]
 Tojikiston 81,000 [manba kerak]
 Afgʻoniston 30,000 [2]
 Rossiya 103,422 [3]
 Qozogʻiston 11,000 [4]
 Ukraina 3,000 [5]
 Turkiya 4,000 [6]
 Pokiston 2,000 [7]
Tillar
Qirgʻiz tili O'zbek tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
Oltoylar, Xakaslar, Yenisey qirgʻizlari

Qirgʻizlar — turk urug‘laridan biri, Qirgʻizistonning asosiy aholisi (5 million kishi). Oʻzbekiston (511 ming kishi), Tojikiston (64 ming kishi), Rossiya Federatsiyasida (42 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari), shuningdek, Xitoyda (500 ming kishi, 2020) yashaydi. Qirgʻiz tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

Qirgʻiz nomi ilk bor geegun shaklida xitoycha „Xanshu“ („Xan sulolasi tarixi“; milodiy 1-asr) yilnomasida miloddan avvalgi 203 yilgi voqealar bayonida tilga olinadi. Qirgʻizlarning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud, xususan ularning Yenisey qirgʻizlari deb atalmish xalqdan tarqalgani masalasi munozarali. Qirgʻizlarning ilk etnik tarixi qad. qabila ittifoklari (hunlar, dinlinlar, saklar va usunlar) bilan bogʻliq. Turk xoqonligi va koʻchmanchi davlat uyushmalari davrida (6—10-asr), keyinchalik qirgʻizlar tarkibiga kirgan qabilalar Sayan-Oltoy, Irtish boʻyi, Sharqiy Tyanshanning turkiy aholisi orasida shakllanganlar. Qirgʻizlarning bir qismi 9—12-asrlarda, katta qismi esa oʻrta asrlar davomida gʻarbga koʻchib, Issiqkoʻl atroflari, Yettisuv havzasi, Tyanshan (Tangritog) yon bagʻirlari, Fargʻona vodiysining togʻoldi hududlari va Dashti Qipchoq oʻlkalariga borib joylashgan.

Qirgʻizlarning asosiy qismi Tyanshan va Issiqkoʻl oraligʻini makon tutib, bu yerdagi bir necha turkiy qabilalar bilan birgalikda hozirgi qirgʻiz xalqini tashkil qilgan. Qirgʻiz xalqi tarkibiga, shuningdek, Yettisuv va Movarounnahrning turkiy qabilalari, jumladan qarluqlar va uygʻurlar, keyinroq moʻgʻul qabilalari, 16—17-asrda esa kelib chiqishi qozoqnoʻgʻaylar bilan bogʻliq qabilalar kirgan. Qirgʻizlarning bir qismi boshqa turkiy xalqlarning etnogenezida qatnashgan. Xususan, 92 oʻzbek urugʻiga oid shajaranomalarning barchasida qirgʻiz etnonimi qayd qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonning bir necha viloyatlarida qirgʻiz nomi etnotoponim sifatida saqlanib qolgan.

Qirgʻizlar qoʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik, ayrim tumanlarda dehqonchilik bilan shugʻullangan.

19 — asrning 2-choragigacha qirgʻizlar savodini, asosan, diniy madrasalarda oldi. 19-asrning 80-yillarida ilk bor rus maktablari ochila boshladi. 1940-yilda qizgʻiz alifbosi rus grafikasiga koʻchirildi. koʻplab oliy oʻquv yurtlari, laboratoriyalar va madaniyat mahkamalari ochildi. 1954-yili Qirgʻiz KSR i tashkil topdi. 20-asrlargacha qirgʻiz musiqasi folklorlik darajada boʻldi. Milliy musiqa asboblari: qoʻmuz, surnay, karnoy va boshqalar. 1930 — 40-yillarda musiqaviy ijodlari (opera, balet, simfoniya, v.x.) paydo boʻldi. 1939-yili toʻngʻich qirgʻiz operasi — „Aychurek“ namoyish etildi. 1930-yili milliy drama teatri tashkil tipdi. 1936-yili undan opera va balet teatri ajralib chiqdi. 1939-yili Kompozitorlar ittifoqi tashkil topdi. 1942-yili Frunzeda (Bishkek) kinoxronika studiyasi ochilib, u 1961-yili „Qirgʻizfilm“ kinostudiyasi deb ataldi. Studiya 1970 — 80-yillarda koʻpgina muoffaqiyatlarga erishdi.

Qirgʻiz milliy kiyimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ak-kalpak.tebetey.chepken. Ak-elechek.shookula.kiz.topu.j/b

Qirgʻiz oshxonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirgʻiz qabilalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chon bagish, teyit, munduz, kidirsha, noygut, kitay, qipchak, toolos, karabagish, bargi, joru, mungush, sari bagish, bugu va boshqalar.[manba kerak]

Taniqli qirgʻizlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 2009 Census preliminary results (Ruscha)
  2. Censuses 1970—1989 show 0.9 % Kyrgyz population share in Uzbekistan total, 2000 estimates were also 0.9 % (Ethnic Atlas of Uzbekistan), actually Uzbekistan population is 27,767,100 (2009), so 0.9 % is appr. 250,000