Kontent qismiga oʻtish

Qrim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qirimdan yoʻnaltirildi)
Qrim yarim oroli
Ushbu maqola yarim orol haqidadir. Shu yarim orolda joylashgan maʼmuriy birlik uchun Qrim Muxtor Respublikasiga qarang.

Qrim yarim oroli (ruscha: Крым; ukraincha: Крим; qrim tatarcha: Qırım, Къырым; qadimgi yunoncha: Κιμμερία/Ταυρική) Ukraina janubidagi yarim oroldir. Maydoni — 27 ming km2. Gʻarb va janubda Qora dengiz va sharqida Azov dengiziga tutash. Shimolda tor (8 km chamasida) Perekop boʻyni orqali Sharqiy Yevropa tekisligi bilan tutashgan. Qrim yarim orolining sharqida Qora dengiz va Azov dengizi oraligʻida Kerch yarim oroli, gʻarbida Qrim yarim orolining bir qismi — Tarxankut yarim oroli joylashgan.

Qrim yarim oroli

Qrim orolning Shimoli-sharqiy sohili boʻylab Azov dengizining kichik qoʻltiqchalari (Sivash va boshqalar) choʻzilgan. Shimoli (yarim orolning katta qis-mi) dashtli tekislik (Dashtli Qrim), janubi (maydoni jihatdan kichik) Qrim togʻlari bilan band. Eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh togʻi). Janubida Qrimning janubiy sohili boʻylab kam-bar tekislik choʻzilgan; sohilning u yer-bu yerida lakkolitga oʻxshash magmatik jinslar (Ayudogʻ togʻi), qadimgi vulqon massivlar (Qoradogʻ togʻi) uchraydi. Foydali qazilmalari: Kerch temir rudasi, koʻllarda tuz va shifobaxsh loylar, ohaktosh, gil, mergel. Qrim orolning shimoliy qismining iqlimi moʻʼtadil quruq. Qishi iliq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, 2°); yozi issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°). Qrim orolning janubiy sohilida iqlim oʻrta dengiz iqlimi; yozi issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°) va qishi iliq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4°gacha). Yillik yogʻin gʻarbiy qismida 1000–1200 mm, sharqida 500–700 mm, shimolida 300–500 mm. Yarim orolning daryolari kamsuv; muhimlari — Chyornaya, Belbek, Kacha, Alma, Salgir. Shimoliy Qrim kanali, Salgir daryosida Simferopol suv ombori qurilgan. Bir necha yirik shoʻr koʻl bor. Shimoliy qismida kashtan, Sivash boʻylab kash-tan, shoʻrtob, shoʻrxok tuproqlar, markaziy qismida qoratuproq, togʻ oldi va togʻlarda ishqorsizlangan qoratuproq, qoʻngʻir togʻoʻrmon, yay-lovlarda qoratuproqsimon togʻ-oʻtloq tuproqlar tarqalgan. Shimoliy qismining yer yuzasi haydalib ekin ekiladi. Ozroq qismida dasht oʻsimliklari saqlanib qolgan. Togʻlarda (ayniqsa, shimoliy yon bagʻrida) dub, qoraqay-in-grab, qaragʻay oʻrmonzorlari bor. Qrimning janubiy sohilida oʻrta dengiz atrofiga xos oʻsimliklar oʻsadi. Man-zarali daraxt va butalardan iborat parklar, bogʻlar, tokzorlar, tamaki plantatsiyalari koʻp. Qrim togʻlarining janubiy etagidan sohil qismida dengiz boʻyi shahar-kurortlari joylashgan. Yarim orolda bir necha qoʻriqxona, Nikita botanika bogʻi bor. Qrim shaharlari orasida Yalta shahri juda mashhur.