Kontent qismiga oʻtish

Qiziljar (tuman)

Koordinatalari: 54°46′0″N 69°6′0″E / 54.76667°N 69.10000°E / 54.76667; 69.10000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qiziljar tumanidan yoʻnaltirildi)
Qiziljar tumani
qoz. Қызылжар ауданы
tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Beskoʻl
Asos solingan sanasi 1997-yil[1]
Akim Redin Viktor Georgiyevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 49 393[1]
Millatlar tarkibi Ruslar - 62,53%
Qozoqlar - 24,49%
Olmonlar - 3,83%
Ukrainlar - 3,21%
Tatarlar - 1,75%
Beloruslar - 1,05% [2][3]
Dinlar tarkibi Xristianlar, Musulmonlar
Maydoni 6,15 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71538[4]
Pochta indeksi 150700-150714[5]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Rasmiy sayti http://kzh-sko.kz/rus/
Xaritada
Qiziljar tumani xaritada
54°46′0″N 69°6′0″E / 54.76667°N 69.10000°E / 54.76667; 69.10000

Qiziljar tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoliy qismida joylashgan hudud. Qiziljar tumani 1997-yili Beskoʻl va Sokolov tumanlarini biriktirish natijasida tashkil topdi. Tumanning maʼmuriy markazi – Beskoʻl qishlogʻi[6][7].

Tuman maydoni 6,15 ming km2. Tuman markazi — Beskoʻl qishlogʻi. Viloyat markazi bilan oraliq masofasi 12 kilometr. Qiziljar tumani shaharga yaqin va Yesil daryosining yoqasida joylashgan. Janubida Yesil va Magʻjan Jumabaev, sharqida Oqqayin, gʻarbida Mamlyut tumanlari bilan va shimolida Rossiyaning Tumen viloyati bilan chegaradosh.

Tuman aholisi 2010-yil 1-yanvardagi maʼmulot boʻyicha 49 393 kishini tashkil qiladi[1].

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[2][3]:

Aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanning katta qishloqlari:

  • Beskoʻl
  • Sokolov
  • Arxangel
  • Novokamen
  • Novonikol
  • Rassvet
  • Yakor
  • Bogolyubov
  • Peterfeld

Tuman boʻyicha Qozogʻistonning (Petropavlovsk — Almati), Rossiyaning Janubiy Ural temir yoʻli; Petropavlovsk — Esim (RF), Petropavlovsk — Koʻkchatov, Petropavlovsk — Qoʻrgʻon, Petropavlovsk — Omsk (RF) avtomobil yoʻllari, Ufa — Petropavlovsk — Omsk neft quvuri oʻtadi.

Tumanda 67 ta umumiy bilim beruvchi maktab, 2 ta kasibiy-texnik maktab, Novonikol „Yosh oʻspirimlar uyi“, 2 ta bolabogʻcha, viloyat yosh oʻspirinlar va bolalarning velosport sport maktabi, bolalar va yosh oʻspirinlarning jismoniy tarbiya maktabi, Arxangel korreksiya bolalar uyi, yetim bolalar uchun Sokolov maxsus maktab-internati, 9 ta madaniyat uyi, 6 ta klub, 15 ta kutubxona, 3 kinoteatr faoliyat yuritmoqda.

Tumanda markaziy kasalxona, qishloq kasalxonasi, 9 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 8 feldsher-akusherlik punkt, 47 feldsher punkt, 14 dorixona, 1 sanepidstansa bar. 1989-yili Pribrejniy qishloq okrugining hududida radon suvi topildi, bu qaynar koʻzi asosida davolash profilaktoriyasi faoliyat yuritmoqda. 1991-yili Mixaylov qishlogʻida er osti mineral suvlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Qiziljar tumanida 1967-yildan boshlar rus tilida „Mayak“, 2003-yildan qozoq tilida „Qiziljar“ gazetalari chiqariladi.

  1. 1,0 1,1 1,2 Социально-экономический паспорт района[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-11
  3. 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
  4. „Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
  5. „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
  6. Qozoq milliy ensiklopediyasi 4 tom
  7. „Кызылжарский район“. 2012-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust. (WebCite saytida 2012-07-04 sanasida arxivlangan)