Kontent qismiga oʻtish

Qiziloʻrda (viloyat)

Koordinatalari: 45°0′0″N 64°0′0″E / 45.00000°N 64.00000°E / 45.00000; 64.00000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qizilo'rda viloyatidan yoʻnaltirildi)
Qiziloʻrda viloyati
Қызылорда облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Qiziloʻrda
Asos solingan sanasi 1938-yil
Akim Kusherbayev Qirimbek Yeluovich
Aholi (2012)
712 992[1]
(4,1 % ,  (12-oʻrin)
Zichligi 3,15 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 226 019 km² (8,3 %, 4-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 7242 xx-xx-xx
Pochta indeksi 12 xxxx
Avtomobil raqami kodi N, 11
Rasmiy sayti http://www.e-kyzylorda.gov.kz/
Xaritada
Qiziloʻrda viloyati xaritada
45°0′0″N 64°0′0″E / 45.00000°N 64.00000°E / 45.00000; 64.00000

Qiziloʻrda viloyati - Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 226 ming km2. Aholisi 712,992 kishi (2012), asosan, qozoqlar, shuningdek, ruslar (asosan, shaharlarda), koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 63%. Qiziloʻrda viloyati 6 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 3 shahar, 10 shaharcha bor. Markazi — Qiziloʻrda shahri. Yirik shaharlari: Qiziloʻrda, Aralsk, Gʻazali.

Sirdaryo oʻzani, Qiziloʻrda.

Viloyat Orol dengizidan sharqda Sirdaryoning quyi oqimida, asosan, Turon pasttekisligida (balandligi 50– 200 m) joylashgan. Sirdaryoning chap sohilida Qizilqumning qum tepalari; oʻng sohilida qirlar, uncha chuqur boʻlmagan soyliklar bor. Shimolda Kichik Boʻrsiq va Orol boʻyi Qoraqumi, chekka janubi-sharqda Qoratov tizmasining shimoli-gʻarbiy tarmoqlari (eng baland joyi 1419 m) joylashgan. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Iyulning oʻrtacha harorati shimoli-gʻarbida 25,9 °C, janubi-sharqida 28,2 °C, yanvarniki shimoli-gʻarbida — 3,5 °C, janubi-sharqida —19,8 °C. Yillik yogʻin 175 mm. Vegetatsiya davri 198 kun. Qiziloʻrda viloyati hududiga Orol dengizining shimoli-sharqiy yarmi kiradi. Yagona yirik daryosi — Sirdaryo. Shoʻr suvli koʻl koʻp. Qumlarda shuvoq-betaga, shoʻra, bahorda esa efemer oʻsimliklar; pastliklarda astragal, juzgʻun oʻsadi. Oq saksovul, yulgʻun, teresken, biyurgʻun, shuvoq qumlarni shamolda uchishiga yoʻl qoʻymaydi. Sirdaryo qayirida allyuvial oʻtloq, shoʻrlangan tuproqlarda oʻtloq oʻsimliklar, toʻqayzor va butazorlar, delta va qirgʻoq boʻylarida qamishzorlar bor. Choʻlda yirtqichlar va tuyoqli hayvonlar, shuningdek, kemiruvchilar, qushlar uchraydi. Sirdaryo deltasida ondatra iqlimlashtirilgan. Orol dengizi, Sirdaryo va mayda koʻllarda turli baliqlar bor. Borsakelmas orolida qoʻriqxona (saygʻoq, jayran, qulon) mavjud.

Viloyatning aksar qismini qozoqlar tashkil qiladi.

Viloyatdagi halaqlar tarkibi:[2][3]
Aholi soni
1989-yil
% Aholi soni
1999-yil
% Aholi soni
2010-yil
%
barchasi 574464 100,00 % 596215 100,00 % 689749 100,00 %
Qozoqlar 504126 87,76 % 561630 94,20 % 659906 95,67 %
Ruslar 37960 6,61 % 17155 2,88 % 13952 2,02 %
Koreyslar 12047 2,10 % 8982 1,51 % 8100 1,17 %
Tatarlar 4538 0,79 % 2309 0,39 % 1873 0,27 %
Turklar 821 0,14 % 284 0,05 % 1145 0,17 %
Oʻzbeklar 1752 0,30 % 1051 0,18 % 1074 0,16 %
Chechenlar 1475 0,26 % 742 0,12 % 733 0,11 %
Ukrainlar 3139 0,55 % 844 0,14 % 564 0,08 %
Ozarbayjonlar 262 0,05 % 187 0,03 % 245 0,04 %
Boshqurtlar 524 0,09 % 204 0,03 % 197 0,03 %
Olmonlar 1960 0,34 % 376 0,06 % 203 0,03 %
boshqalar 5860 1,64 % 2451 0,83 % 1757 0,25 %

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda 7 tuman bor

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi xom ashyosi va baliqni qayta ishlash bilan bogʻliq oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari bor. Asosan, obikor dehqonchilik va yaylov chorvachiligi rivojlangan. Viloyatda sholikorlik, qoʻychilik, shuningdek, baliqchilik va baliqni qayta ishlash salmoqli oʻrin tutadi.

Sanoatining asosiy tarmogʻi — oziq-ovqat sanoati (baliq, sholi oqlash, araq, pivo zavodlari, goʻsht, sut va non, uysozlik kombinatlari, tegirmon). Sellyuloza-karton kombinati, poyabzal, trikotaj, mebel va tikuvchilik fabrikalari bor. Metallsozlik, kimyo va qurilish materiallari sanoatlari rivojlangan. Deyarli hamma korxonalar Qiziloʻrda shahrida. Pichanzor va yaylovlar bor, yem-xashak ekinlari ham ekiladi. Chorvachilikda, asosan, qorakoʻlchilik (90% qorakoʻl qoʻylari), shuningdek, mayin junli qoʻychilik, oz miqdorda goʻsht-sut chorvachiligi rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki, yilqi, tuya, parranda, choʻchqa boqiladi. Temir yoʻl uzunligi 763 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uzunligi 1223 km. Pedagogika instituti, tarixiy oʻlkashunoslik muzeyi, drama t-atri bor.

  1. Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-17
  2. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  3. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-25