Kontent qismiga oʻtish

Qiziloʻngach

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qizilo‘ngachdan yoʻnaltirildi)

Qiziloʻngach — odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining halqum bilan meʼda oʻrtasidagi qismi. Qushlarda Q. kengayib, jigʻildonni hosil qiladi. Odamda Q. orqa koʻks oraligʻida joylashgan 23—25 sm uzunlikdagi muskulli naychadan iborat boʻlib, koʻkrak qafasidan diafragma teshigi orqali qorin boʻshligʻiga oʻtadi va meʼdaga ulanadi. Q. devori shilliq, shilliq osti va muskul qavatlardan iborat. Shilliq qavati burmalarga yigʻilgan boʻlib, ovqat luqmasi oʻtayotganida tekislanadi. Q. tashqi tomondan biriktiruvchi toʻqima bilan qoplanganligi sababli ovqat luqmasi oʻtayotganida koʻndalang diametrini osonlikcha oʻzgartira oladi. Yutilgan ovqat luqmasi Q. peristaltikasi tufayli meʼdaga, keyin ovqat hazm qilish sistemasining hamma qismiga oʻtadi. Peristaltika — muskullarning tartib bilan qisqarishi ovqat hazm qilish sistemasining barcha qismida boʻladi. Yutinganda Q. mus-kullari reflektor qisqarishi tufay-li ovqat luqmasi yuqoridan pastga yoʻnaladi. Q.ning yalligʻlanishi ezo-fagit deyiladi. Bunga qaynoq va ach-chiq ovqatlar yeyish, kislota, ish-qorlar taʼsiri, shuningdek, turli dori hamda spirtli ichimliklarni surunkasiga isteʼmol qilish sabab boʻladi (yana qarang Ovqat hazm qilish sistemasi).