Qoʻchqor soyligi
Qiyofa
(Qo'chqor soyligidan yoʻnaltirildi)
Qoʻchqor soyligi - Ichki Tyan shandagi togʻ oraligʻi soyligi (Qirgʻiziston Respublikasi Norin viloyati). Qirgʻiz tizmasi sharqiy qismining janubida, Issiqkoʻldan gʻarbda, oʻrtacha 1600—2000 m balandlikda joylashgan. Chu daryosining yuqori oqimi va uning irmoqlari suvi bilan sugʻoriladi. Uzunligi 50 km, eni 15 km. Qs.ning markazi chala choʻl, chekkalari togʻ dashtidan iborat. Chu va uning irmoqlari atroflari ekinzor. Dashtlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Sharqida Oʻrtatoʻqay suv ombori (Chu daryosida) qurilgan. Koʻmir koni bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |