Kontent qismiga oʻtish

Qoʻlning tugʻma qiyshiqligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'lning tug'ma qiyshiqligidan yoʻnaltirildi)

Qoʻlning qiyshiqligi – Bu nuqsonning rivojlanishi mushaklarning paylari, bilakning bilak-kaft tomonidagi boylami, undan tashqari bilak va tirsak suyaklarining tugʻma toʻliq oʻsmasligi natijasida kelib chiqadi. Bilak suyagi oʻsmaganda (qoʻlning bilak suyak tomoniga qiyshiqligi)koʻp hollarda I barmoq va I kaft suyagi boʻlmaydi. Birinchi barmoq yaxshi oʻsmaganda kaftning ushlash qobiliyati buziladi. Koʻp hollarda qoʻl qiyshiqligi ikki tomonlama boʻladi. Bu esa bemorlarning oʻz oʻziga xizmat kilishini qiyinlashtiradi.

Qoʻl qiyshiqligini davolash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jarrohlikk yoʻli bilan amalga oshiriladi. Soʻnggi yillarda Ilizarov[1], Gudushauri, Kalnberzlarning apparatlaridan faydalanilgan holda distratsion usul keng qoʻllanilyapti.

Bilak suyaklari tugʻma sintozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻl suyaklari rivojlanishining kamdan-kam uchraydigan nuqsoni, bunda bemor bilagini rotatsiya qila olmaydi[2].

Asosan jarrohlik usulida: suyaklar sinostozini qirqish bilak suyagini uzunasiga ezeksiya qilish.

Madelung kasalligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu nisbatan kamdan-kam uchraydigan tugʻma kasallik boʻlib[3], bilak kaft usti suyaklari boʻgʻimining nuqsoni oʻsishi bilan ajralib turadi. Notoʻgʻri oʻsish nuqsonning asta-sekin kattalashishiga olib keladi. Bu kasallik 13-16 yoshda koʻp uchraydi. Kasallik ikki tomonlama boʻlishi mumkin. Oʻgʻil bolalarga qaraganda qizlarda 4 marta koʻp uchraydi. Bu kasallik murakkab boʻlib, bilak-kaft usti suyaklari boʻgʻimining hamma tarkibiy qismlariga taʼsir qiladi. Xozirgi vaqtda Madelung kasalligi suyakning epifizar oʻsish sohasidagi togʻay displaziyasiga taalluqli deyiladi. Kasallik nayzasimon oʻzgarishlar bilan namoyon boʻladi. Qiyshiklik asta-sekin ogʻriqsiz zoʻrayib boradi. Lekin deformatsiya darajasi kuchayganda kaftning orqa tomonga bukilishi va bilakning supinatsiyasi cheklangan boʻladi. Orqa tomondan tirsak suyagining kaft usti suyaklari bilan birlashmagan boshchasining turtib chiqishi koʻzga tashlanadi. Bilak suyagi kaltalashgani uchun koʻprok deformatsiyaga uchraydi. Mexnat kobiliyati cheklangan boʻladi.

Faqat jarrohlikik yoʻli bilan davolanadi[4]. Operatsiyani 14 yoshdan oldin qilish mumkin emas. Koʻproq tirsak suyagining boshchasi rezeksiya qilinadi. Bilak suyagi ponasimon osteotomiya qilinib, Ilizarov, Volkov-Oganesyan, Kalnberz Distraksion apparatlari bilan mahkamlanadi.

  • Travmatologiya i ortopediya. Travmatologiya i ortopediya. Yumashev G.S
  • Shapovalov V. M., Gritsanov A. I., Yeroxov A. N. (red.) Travmatologiya i ortopediya