Kontent qismiga oʻtish

Qoʻmuz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'muzdan yoʻnaltirildi)
Qoʻmuz
Turi

Torli
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi 321.321
Ishlab chiqargan Qirgʻiziston
Oʻxshash asboblar

Qoʻmuz
Qoʻbiz
Rubob

Qoʻmuz — 1) qirgʻiz torli-tirnama musiqa cholgʻusi. Oʻzbek doʻmbirasiga yaqin. Qirgʻizistonning janubiy vohalarida chertmek nomi bilan mashhur. Rivoyatlarda aytilishicha, uni afsonaviy Qambarkan (Aliqambar) kashf etgan. Bir butun yogʻoch (oʻrik, archa va baʼzida yongʻoq va boshqa daraxt) boʻlagidan yasaladi. Noksimon kosaxonasi, pardasiz dasta va 3 torni ushlab turgan quloqlaridan iborat. Umumiy uzunligi 85—90 sm. Mayin tovushga ega. Qoʻmuz qirgʻizlarda eng sevimli va keng tarqalgan professional cholgʻusi boʻlib, unda xalq qoʻshiqlari ohanglariga asoslangan „obon kuylar“ („Semetey kuu“, „Qoraqoʻl boʻtam“, „Nalima“, „Kerme too“ va boshqalar), virtuoz xarakteridagi, baʼzan oʻyin-kulgu bilan bogʻliq „aytish kuylar“ („Koʻyroʻn kuu“, „Armandu chimchiq“) hamda yirik shakldagi mumtoz kuylar („Qambarkan“, „Botoy“, „Kerbez“ va boshqalar) ijro etiladi. Qoʻmuz, shuningdek, qirgʻiz oqin va ir (qoʻshiq)chilari tomonidan joʻrnavoz soz sifatida ishlatiladi; 2) qirgʻiz changqoʻbizining nomi (yogʻochqoʻmuz, temir-qoʻmuz); 3) chechen va ingushlarda 19-asrdan tarqalgan garmon nomi.