Kontent qismiga oʻtish

Qoʻqon-jizzax avtomobil yoʻli

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'qon-Jizzax Avtomobil Yo'lidan yoʻnaltirildi)

Qoʻqon-jizzax avtomobil yoʻli (A-376) — davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan magistral yoʻl. Qoʻqon shahridan boshlanib, Tojikiston Respublikasi hududida Konibodom shahri, Qayroqqum suv omborini yonlab Xoʻjand shahri, soʻngra Toshkent viloyatining bekobod tumani, Sirdaryo viloyatining Xovos, Jizzax viloyatining Zomin tumanidan oʻtadi va Toshkent — Ter-miz (M-39) xalqaro avtomagistralini kesib oʻtib Jizzax shahriga kiradi. Xalq hashari yoʻli bilan 1938—40 yillarda qurilgan. Keyingi davrlarda bir necha marta rekonstruksiya qilingan va kengaytirilgan. Umumiy uz. 300 km. Yoʻlning 164 km qismi asfalt-beton, 136 km qismi qora toʻshamali. Yoʻlning 53 km — I darajali, 232 km — II darajali, 15 km — III darajali toifaga kiradi. Transport harakati jadalligi 1585—3566 avtomobil/kunni tashkil qiladi.

Tohirjon Mirzayev.