Kontent qismiga oʻtish

Qoʻqon davlat pedagogika instituti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'qon pedagogika institutidan yoʻnaltirildi)
Qoʻqon davlat pedagogika instituti
Xalqaro nomi
Kokand state pedagogical institute
Turi institut
Asos solingan sanasi 1931-yil
Rektori Xodjayeva Dilnoza Shavkatovna [[1]]
Fakultetlar 6 ta
Talabalari 16 287
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Doktorantura 128
Fan doktorlari 13
Professorlari 9
Oʻqituvchilari 476
Joylashuvi
Qoʻqon
,
Oʻzbekiston
Kampusi 9
Veb-sayti kspi.uz

Qoʻqon davlat pedagogika instituti – Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joylashgan Oliy taʼlim muassasasi[1].

Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika instituti 1931-yil yanvar oyida kechki pedagogika oliy bilimgohi sifatida pedagogika texnikumi binosida oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻzbekiston Xalq Maorif Komissarligining 1938-yildagi 866-son buyrugʻi bilan Qoʻqon kechki pedagogika oliy bilimgohi kechki oʻqituvchilar institutiga aylantirilgan. Oʻzbekiston Xalq Maorif Komissarligining 1938-yil 27-noyabrdagi buyrugʻi bilan institut qoshida sirtqi konsultatsiya punkti ochildi. 1939-1940 oʻquv yilidan boshlab kunduzgi davlat oʻqituvchilar institutiga aylantirilgan. 1943-yildan Xotin-qiz oʻqituvchilar instituti, 1954-yildan Xotin-qizlar Davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. 1943-yil oktyabr oyida institutga shoir Muqimiy nomi berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi PQ-3289-son qarori asosida Qoʻqon davlat pedagogika instituti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi. Oʻtgan davr mobaynida Qoʻqon davlat pedagogika instituti kichik bir taʼlim maskanidan yirik oliy taʼlim muassasasigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

Qoʻqon davlat pedagogika institutida oliy taʼlimda amalga oshiralayotgan tub islohotlar sharoitida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Oliygohning qiyofasi oʻzgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanyapti, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kuchaytirilmoqda, jumladan, professor-oʻqituvchilarning daromadlari ham ortyapti. Oliy taʼlim – ilm-fan – ishlab chiqarish oʻrtasida uzviylik yaratilib, oliy oʻquv yurtida ham yangi boʻlinmalar ochildi. Bularning barchasi oliy taʼlimga boʻlgan yondashuvni oʻzgartirib, uning sifati hamda darajasini koʻtarishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflari, qabul qilingan qarorlar bizni yangi marralar sari chorlagani sir emas. Hozirda institutimizda 27 ta bakalavriat va 16 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha jami 16000 nafardan ortiq talabalar tahsil olib kelmoqda[2].

Bugungi kunda Qoʻqon davlat pedagogika instituti zamonaviy pedagogik kadrlarni tayyorlovchi respublikamizdagi yirik pedagogika muassasalaridan biri hisoblanadi. Institut oʻzining zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega boʻlib, 269 ta oʻquv xonalari, bugungi kun talablari bilan jihozlangan 21 ta oʻquv laboratoriya xonalari, bitta stadion, 4 ta basketbol va voleybol maydonlari, 3 ta yopiq sport zali, zamonaviy ARM, fakultetlarda zamonaviy kompyuter xonalari, 3 ta binodan iborat barcha qulayliklarga ega boʻlgan talabalar turar-joylari, 250 oʻrinli oshxona talabalarga xizmat koʻrsatmoqda.

Institutida 4 ta xorijiy oliy taʼlim muassalalari bilan hamkorlikda bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oʻqitish ham yoʻlga qoʻyilgan. Rossiyaning Akmulla nomli Boshqird davlat pedagogika universiteti (BDPU), Rossiya davlat kasb-hunar pedagogika universiteti (RDKXPU), Qozon federal universiteti va Belarusning Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetilari (GrDU) bilan jami 168 nafar talaba qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oʻqitilmoqda. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.

Bugungi kunda institutda jami 517 nafar malakali professor-oʻqituvchilar talabalarga taʼlim berib kelmoqda. Ularning 10 nafarini fan doktori, professorlar, 170 dan ortigʻi fan nomzodi (PhD), dotsentlardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 16-iyun kuni „Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik“ mavzusida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida professor-oʻqituvchilarning xorijdagi oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini taʼminlaydigan mexanizm yaratildi. Natijada istitutidan koʻplab professor-oʻqituvchilar xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlariga ilmiy stajirovkaga, talabalar oʻquv amaliyotiga yuborildi.

Ilmiy tadqiqotlar borasida ham erishilyotgan natijalar quvonarlidir. Institutda mavjud „Qoʻqon DPI. Ilmiy xabarlar“ ilmiy jurnali OʻzR VM huzuridagi OAK Rayosatining qarori bilan kimyo, biologiya, tarix, filologiya fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritildi.

Oliy attestatsiya komissiya Rayosatining „Malakaviy imtihon oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida“gi qaroriga asosan, institutda chet tili fani boʻyicha hamda qoʻshimcha fanlardan malakaviy imtihon olishga ruxsat berildi.

Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan Qoʻqon davlat pedagogika institutda Oʻzbek tili, Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari boʻyicha ilmiy kengash faoliyat koʻrsatmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 9-sentyabrdagi „Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“gi farmoni iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlashda muhim qadam boʻldi. Bu yil institutimizda ham davlat stipendiyalariga loyiq deb topilgan talabalar safi yanada kengaydi. Shu yilning oʻzidayoq 13 nafar talabaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgani, oʻylaymizki, uchinchi renesans davrini bunyodkori boʻlmish yoshlarni yangi marralar sari undashi shubhasiz.

Institutda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning sanʼat, adabiyot va madaniyatga, axborot texnologiyalariga boʻlgan iqtidori hamda qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, qobiliyatlarini namoyon qilish uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda. „Tarona“ badiiy havaskorlik raqs ansambli, „Ohangrabo“ yosh maqomchilar ansambli, talaba-yoshlarining „Parvoz“ teatr studiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Institut talabalari Osiyo va jahon maydonlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib gʻolib hamda sovrindorlar qatoridan joy olmoqda. Ayniqsa, Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Mohigul Hamdamovaning oltin medalni qoʻlga kiritishi institut tarixida unitilmas voqea boʻldi.

Respublikamiz ichki isteʼmol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, mahsulot turlarini kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Qoʻqon davlat pedagogika instituti ishlab chiqarish bilan bogʻliq qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, bu yil institutda Xitoy texnologiyasi asosida yaratilgan zamonaviy asbob-uskunalar yordamida qolipli non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, zanglamaydigan materialdan maxsus ishlangan qoliplarda bir kunda 1500 dona qolipli non ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu sex talabani ish bilan taʼminlabgina qolmay, sifatli va arzon nonlarni isteʼmolchilarga yetkazib bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashda yangicha tizimni joriy etish borasida ilgari surilgan Besh tashabbusning ijrosi taʼminlash, shuningdek talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularga shart-sharoit yaratish va ijtimoiy himoyalash, talabalarini oʻquv jarayonlarini mazmunli oʻtkazish, olingan nazariy bilimlarini amalda mustaxkamlash, oliy taʼlim – ilm-fan – ishlab chiqarish oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish maqsadida institut qoshida „Yosh hunarmandlar uyi“ unitar korxonasi tashkil etildi. Korxona kulolchilik, mebel ishlab chiqarish, qandolatchilik, atlas va adras matolar toʻqish hamda tikuvchilik sexlarini oʻzida birlashtirgan.

Bugungi kunda Xitoy, Turkiya va Italiyadan keltirilgan zamonaviy mebel ishlab chiqarish va presslash uskunalari yordamida taʼlim muassasalari uchun moʻljallangan mebel jixozlaridan tortib, oshxona va xonadon mebellarigacha tayyorlanmoqda. Mahsulotlar oʻta silliqliligi, chidamliligi, suv oʻtkazmaslik xususiyatiga ega ekanligi, yumshoqligi, koʻrinishi jihatidan chiroyliligi va uzoq vaqt davomida oʻzining shaklini oʻzgartirmasligi bilan avvalgi mebel mahsulotlaridan tubdan farq qiladi. Tayyorlanadigan mebellar oʻz rangini yoʻqotmaydi, oddiy mebellarga nisbatan bir necha barobar uzoq muddatga xizmat qiladi. Hozirga kelib mebel ishlab chiqarish sexida taʼlim muassasalari talabalar turar joyi uchun moʻljallangan 2 yarusli krovat, tumba, shkaf, stul, stol va kitob javonlarini tayyorlanmoqda.

Mamlakatimizda tariximiz, milliy oʻzligimiz timsoli boʻlgan hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratib kelinyapti. Hunarmandlar mehnati qadrlanib, ularga imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda. Mazkur soha vakillari yangi ish oʻrinlari yaratish, yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, turizmni rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda.

Institutning Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakultetida tikuvchilik sexi, adras va atlas ishlab chiqarish sexi, kulolchilik sexlarining ishga tushirilishi hunarmandchilik sohasiga boʻlgan yuksak eʼtibor ifodasi boʻldi.

Eng muhimi yuqoridagi sexlar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi bilan talabalar oʻqishdan boʻsh vaqtlarida nafaqat amaliyot oʻtash, balki ishlash imkoniyatiga ham ega boʻlmoqda. Korxonada ishlash talabalarga amaliy koʻnikmalarni berib, olgan nazariy bilimlarini amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlamoqdalar.

Institutdagi zamonaviy IT-park kelajakda zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlashda muhim rol oʻynamoqda. Bu yerda istiqbolli startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Konferensiyalar zali, oʻquv xonasi, ovoz yozish studiyasi hamda mini oshxonani oʻz ichiga olgan park bir vaqtning oʻzida 50 nafar talabaga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Aytish mumkinki, bu yerda axborot texnologiyalari yoʻnalishida ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Taʼlim yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
    1. 5110100 Matematika oʻqitish metodikasi
    1. 5110200 Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi
    1. 5110300 Kimyo oʻqitish metodikasi
    1. 5110400 Biologiya oʻqitish metodikasi
    1. 5110500 Geografiya oʻqitish metodikasi
    1. 5110600 Tarix oʻqitish metodikasi
    1. 5110700 Informatika oʻqitish metodikasi
    1. 5110800 Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
    1. 5110900 Pedagogika va psixologiya
    1. 5111100 Musiqa taʼlimi
    1. 5111200 Oʻzbek tili va adabiyoti
    1. 5111301 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyot
    1. 5111306 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda
    1. 5111400 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
    1. 5111600 Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi
    1. 5111700 Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish
    1. 5111800 Maktabgacha taʼlim
    1. 5111901 Defektologiya: logopediya
    1. 5111902 Defektologiya: surdopedagogika
    1. 5111903 Defektologiya: oligofrenopedagogika
    1. 5112000 Jismoniy madaniyat
    1. 5112001 Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti)
    1. 5112100 Texnologik taʼlim
    1. 5611700 Maktab menejmenti
    1. 5110700 Informatika oʻqitish metodikasi
    1. 5110800 Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
    1. 5110900 Pedagogika va psixologiya
    1. 5111100 Musiqa taʼlimi
    1. 5111200 Oʻzbek tili va adabiyoti
    1. 5111700 Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish
    1. 5111800 Maktabgacha taʼlim
    1. 5112000 Jismoniy madaniyat
    1. 5112100 Texnologik taʼlim

Magistratura mutaxassisliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
    1. 55110101 Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (matematika)
    1. 55110201 Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (fizika va astronomiya)
    1. 55110301 Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (kimyo)
    1. 55110601 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (tarix)
    1. 55110701 Taʼlimda axborot texnologiyalari
    1. 55110903 Taʼlim muassasalarining boshqaruvi
    1. 55111201 Oʻzbek tili va adabiyoti
    1. 55111301 Ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha)
    1. 55111401 Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)
    1. 55111701 Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim)
    1. 55111801 Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim)
    • Matematika oʻqitish metodikasi
    • Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi
    • Informatika oʻqitish metodikasi
    • Kimyo oʻqitish metodikasi
    • Biologiya oʻqitish metodikasi
    • Geografiya oʻqitish metodikasi
    • Tarix oʻqitish metodikasi
    • Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi
    • Ijtimoiy fanlar
    • Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
    • Musiqa taʼlimi
    • Texnologik taʼlim
    • Pedagogika va psixologiya
    • Defektologiya
    • Taʼlim menejmenti
    • Umumiy pedagogika va psixologiya
    • Oʻzbek tili
    • Oʻzbek adabiyoti
    • Rus tili va adabiyot
    • Ingliz tili va adabiyoti
    • Fakultetlararo chet tili
    • Boshlangʻich taʼlim metodikasi
    • Maktabgacha taʼlim
    • Jismoniy madaniyat
    • Fakultetlararo jismoniy madaniyat