Kontent qismiga oʻtish

Qoʻrchi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'rchidan yoʻnaltirildi)

Qoʻrchi — tarixiy harbiy atama; 1) oʻrta asrlarda Turkiston va ayrim Sharq davlatlarida turkiy qabilalarning eʼtiborli va ishonchli kishilaridan saroyda tuzilgan maxsus saralangan harbiy qism jangchilari. hukmdor va nufuzli aʼyonlarning shaxsiy qoʻriqchilari; 2) Temuriylarda ekinzorlarni qoʻriqlovchi harbiy qism jangchilari. Ularning boshligʻi qoʻrchi boshi, qurol-aslahalari saqlanadigan joy qoʻrxona deyilgan; Shayboniylar va Oʻrta Osiyoda xonliklar davrida xon oʻrdasini qoʻriklab turuvchi maxsus harbiy qism jangchilari. q. hozirgi paytda zamonaviy gvardiyachi atamasiga toʻgʻri keladi.