Kontent qismiga oʻtish

Qorday (tuman)

Koordinatalari: 43°26′27″N 75°35′29″E / 43.44083°N 75.59139°E / 43.44083; 75.59139
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'rday tumanidan yoʻnaltirildi)
Qorday
tuman
43°26′27″N 75°35′29″E / 43.44083°N 75.59139°E / 43.44083; 75.59139
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Jambul viloyati
Hukumat
 • Akim Bayto'le Bo'latbek Bayqonusovich
Asos solingan 1928
Maydon 8,973 km2 (3,464 kv mi)
Rasmiy til(lar)i qozoqcha
Aholisi
 (2011)
128 358[1]
Zichligi 11,8 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+6
Avtomobil kodi H
Qorday xaritada
Qorday
Qorday
Qorday xaritada
Qorday
Qorday

Qorday tumani — Jambul viloyatining janubiy-sharqida joylashgan hudud. Avvallari (17.1.1928) Almati viloyatining tarkibida boʻldi, keyinchalik (14.10.1939) Jambul viloyatining tarkibiga qoʻshildi. Hududi 8973 km². Aholisi 128358 kishi (2011). Tuman markazi — Qoʻrday qishlogʻi.

Qorday tumanining yeri asosan togʻlardan tashkil topgan. Shimoliy va sharqiy hududida Chu-Ile togʻlari mavjud (balandligi dengiz sathidan 1000 m). Kinfiktosh, Jetijoʻl, v.h. togʻ qoyalari tumanning markaziy va janubiy-shara qismini tashkil qiladi. Tuman hududida foydali qazilmalardan granit (2,6 mln. m³), ohaktosh (87,4 mln. t), agloporit qumi (3,1 mln. m³), flyuorit (0,467 mln. t), oltin koni (0,305 mln. t), molibden (12,2 ming t) va qurulish toshlari koni (8,05 mln. m³).

Qoʻrday bojxonasi, Qozogʻiston Qirgʻiziston chegaralari

Tumanning asosiy qismini qozoqlar (49,0 %) tashkil qiladi. Qolganlari ruslar (17,6 %), dunganlar (23,1 %), oʻzbeklar v.h. millat vakillari istiqomat qilishadi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 11,8 kishidan toʻgʻri keladi. Aholisi asosan tumanning janubiy, janubiy-sharq qismida (1 km²-ga 37,2 kishidan) yashashadi.

Katta qishloqlari:
Qishloq nomi Aholisi
Qorday 30 ming
Sortoʻbe 17 ming
Masanshi 14,5 ming
Oʻtar 12 ming
Auqatti 7,2 ming
Saribulaq 6 ming
Qarasu 5 ming
Betqaynar 4,8 ming
Qasiq 3,5 ming
Qarakemer 3,2 ming