Qoʻrgʻontepa suv ombori
Qoʻrgʻontepa suv ombori | |
---|---|
Morfometriya | |
Maydoni | 2,81 km² |
Sigʻimi | 0,0286 km³ |
Xarakteristikasi | |
Toʻldirilgan yili | 1981 |
Toʻgʻon balandligi | 45 m |
Havzasi | |
Quyiladigan irmoqlar | Shohimardonsoy |
Joylashuvi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qoʻrgʻontepa suv ombori - Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani jan.da, Oltiariq shaharchasidan 10 km uzoqlikda barpo etilgan gidrotexnika inshooti. Shohimardon daryosi va Fayziobodsoy suvini mavsumiy yigʻadi. 1-navbati 1975—77, 1-navbati 1980—81 yillarda qurilgan. Suv ombori yonma-yon joylashgan 2 ombordan iborat, tabiiy soyliklarning oldini toʻsib hosil qilingan. Arabtepasoyda kurilgan 1-omborning toʻliq hajmi 24,0 mln. m\ tuproqli toʻgʻoni balandligi 45 m, toʻgʻoni uz. 620 m, suv yuzasi 2,4 km\ maksimal suv chiqarish imkoniyati 5 m/sek. Kemkoʻlsoydagi 2-omborning toʻliq hajmi 8,7 mln. m3, toʻgʻoni balandligi 35 m, uz. 450 m, " suv yuzasi 1,3 km\ suv oʻtkazish imkoniyati 10 m3/sek. Janubiy Fargʻona kanalita va Soʻx-Shohimardon kanaliga suv beradi, 11 ming ga yer maydonini sugʻoradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |