Kontent qismiga oʻtish

Qoʻrgʻoshin sulfid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'rg'oshin Sulfiddan yoʻnaltirildi)

Qoʻrgʻoshin sulfid, qoʻrgʻoshin (P)-sulfid, PbS — qoʻrgʻoshinning oltingugurt bilan boʻlgan birikmasi. Qoramtir-kulrang yaltiroq kristall modda; suyuqlanish temperaturasi 1114°, qaynash temperaturasi 1281°, zichligi 7,59 g/sm3. Qoʻrgʻoshin sulfid — yarimoʻtkazgich. Suv, suyultirilgan HCl, H2SO4da, ishqorlarda erimaydi, suyultirilgan NTMO, da eriydi. Qoʻrgʻoshin sulfid sunʼiy yoʻl bilan qoʻrgʻoshinga yuqori temperaturada oltingugurt taʼsir ettirib yoki R2+tuzlari eritmalaridan vodorod sulfid yordamida choʻktirish usulidan foydalanib olinadi. Tabiatda galenit minerali holida uchraydi. Foto qarshiliklar tayyorlashda qoʻllanadi.