Kontent qismiga oʻtish

Qoʻsh urugʻlanish

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'sh urug'lanishdan yoʻnaltirildi)

Qoʻsh urugʻlanish - gulli oʻsimliklarga xos jinsiy jarayon xili. 1898-yilda rus olimi S.G.Navashin kashf etgan. Qoʻsh urugʻlanishda urugʻning shakllanishida tuxum hujayra bilan bir qatorda murtak xaltasining markaziy yadrosi ham urugʻlanadi. Qoʻsh urugʻlanish natijasida zigotadan urugʻ murtagi, markaziy hujayra bilan urugʻlangan markaziy yadrodan oziq toʻqima — ikkilamchi triploid endosperm rivojlanadi. Qoʻsh urugʻlanishda bitta chang naychasi spermentlari ishtirok etadi; naycha suyuqligi sinergid ichidagi murtak xaltasiga yoki tuxum hujayra bilan markaziy hujayra oraligʻidagi tirqishga quyiladi. Spervit sinergid orqali tuxum hujayraga boradi va siner-gid urugʻlanishdan soʻng yemirilib ketadi. Qoʻsh urugʻlanish apomiktik turlardan tashqari barcha gulli oʻsimliklar uchun xos. Qoʻsh urugʻlanishning mohiyati — oziqlantiruvchi toʻqima — endospermning juda tez shakllanishidir. Qoʻsh urugʻlanish urugʻ shakllanishi jarayonlarini tezlashtirib yuboradi (yana qarang Gulli oʻsimliklar, Changlanish).