Kontent qismiga oʻtish

Qoʻshaloq yulduzlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'shaloq yulduzlardan yoʻnaltirildi)

Qoʻshaloq yulduzlar - tortishish kuchlari taʼsirida komponentlari massalarining umumiy markazi atrofida elliptik orbita boʻylab harakatlanuvchi, bir-biriga yaqin joylashgan 2 ta yulduz; komponentlari dinamik bogʻliq boʻlgan fizik siste-mani tashkil etadi. Qoʻshaloq yulduzlarning vizu-al, spektral, toʻsiluvchan va boshqa turlari mavjud. Vizual Qoʻshaloq yulduzlar teleskop orqali kuzatilganda komponentlarini bir-biridan ajratish mumkin va ularning yorqinliklarida unchalik katta farq sezilmaydi.

Spektral Qoʻshaloq yulduzlarning komponentlari yaqin boʻlgani uchun teleskoplar orqali bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Ularning qoʻshaloqligini spekt-ridagi davriy oʻzgarishlaridan (davriy siljishlari yoki spektr chiziqlarining davriy ikkiga ajrali-shidan) bilish mumkin. Agar ikkala komponent bir xil yorqinlikka ega va, ayniqsa, ikkalasi bir spektral sinfga mansub boʻlsa, unda chiziqlarning davriy ajralishi va qoʻshilishi aniq bilinadi. Agar faqat bitta komponentning chiziqlari koʻrinsa, unda ular davriy ravishda qandaydir bir oʻrtacha vaziyat atrofida tebranib turadi. Dop-ler qonuni chiziqlarning siljishi va ikkiga ajralishi komponentlari massalarining umumiy markazi atrofida orbital harakatidan kelib chiqadi deb tushuntiradi. Spektrdagi chiziqlarning siljishini oʻlchashdan komponentlarning nur tezliklari oʻzgarishini aniqlash mumkin.

Toʻsiluvchan Qoʻshaloq yulduzlarda uning orbita tekisligi kuzatuvchiga qulay boʻlgan yon tomondan koʻringanda yulduzlardan biri ikkinchisini maʼlum vaqtga toʻsib qoʻyadi. Ularning davrlari bir necha soatdan bir necha yilgacha boradi. Yorqinliklarining kamayish darajasi va nisbiyligi yulduzlarning oʻlchamlariga, ularning orasidagi masofaga, yorqinliklarining farqiga va orbitalarining qiyali-giga bogʻliq.

Ayrim holda fizik qoʻshaloqlarning komponentlari bir-biridan ancha olisda joylashgan, lekin ularning xususiy harakatlari, parallakslari va nur tezliklari yaqin boʻladi. Bunday yulduzlar keng juftlarni tashkil etadi. Fazoda ularning kompo-nentlarini minglab, hatto oʻn ming-lab astronomik birliklar ajratib turadi. Agar ularning komponentlari bir-birining atrofida harakatlanayotgan boʻlsa, aylanish davrlari millionlab yillarga teng boʻladi. Shuningdek, komponentlari bir-bi-riga juda yaqin joylashgan zich qoʻshaloq sistemalar mavjud. Ularning ajralgan, yarim ajralgan va kontaktli turlari kuzatiladi.