Kontent qismiga oʻtish

Qoʻshchi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo'shchidan yoʻnaltirildi)

Qoʻshchi — qad. turkiy qabilalardan biri. 6—7-asrlarda Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan. Moʻgʻullar istilosi paytida Dashti Qipchoqqa kelib joylashgan. 16-asr boshlarida Shayboniyxon qoʻshinlari tarkibida Movarounnahrga kelishgan. Ular Shayboniylar va Ashtarxoniylar davlatlarining boshqaruv tizimida faol ishtirok etganlar. Buxoro amirligi davrida Qlarning vakillari taxtga chiqarish marosimida ishtirok etishgan. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida Q.lar quyidagi urugʻlarga boʻlingan: qashgʻarlik, toʻqqiz-novcha, shix-sayod, moli. Ularning katta qismi Samarqand viloyatining Urgut, Jomboy tumanlari, shuningdek, Jizzax viloyatida ham yashagan. Q.lar, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanib, 16—17-asrlar davomida oʻtroqlashib keyinchalik oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan. Chingiz xon avlodi sifatida qo'shchilar kuriladi. Chiroqchi tumanida dashli yirlarda yashaydilar. Uzlarini quchi yoki qo'shchi sifatida atashadi. Ugaday xon ug'li quchunig avlodlari sifatida kuriladi.


Q.larning ayrim guruhlari turk-man, qirgʻiz, qozoq va boshqirdlar tarkibiga kirgan.