Kontent qismiga oʻtish

Qoʻzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'zichoqdan yoʻnaltirildi)

Qoʻzi, qoʻzichoq — qoʻyning 4—5 oylik bolasi. Q.lar jinsidan qatʼi nazar ona qoʻylar bilan birga asraladi (boqiladi). Shu sababli ular emizikli (shirvoz yaʼni sut bilan boqiladigan) qoʻzilar deb ataladi. Qoʻzilatish mavsumida Q. oʻsishini toʻgʻri yoʻnal-tirish va ular sonini toʻla saqlab qolish maqsadida, yoshiga va rivojlanishiga qarab, kichik, oʻrta va katta saqmonlar (mini suruv)ga ajratiladi va yordamchi saqmonchilar (choʻponlar) yordamida qoʻzilar emizib turiladi. Q.lar 4—5 oylik boʻlgach onalaridan ajratiladi va alohida erkak (qarang Qoʻchqor) va urgʻochi (qarang Toʻqli) qoʻzilar guruhi (suruvi)ga boʻlib boqiladi. Yangi tugʻilgan Q.larning tirik vazni mayin junli qoʻylarda 3,8—4,2; dumbali qoʻylarda 4,5—5,5; qorakoʻl qoʻylarida 3,8—4,5 kg ga toʻgʻri keladi, 4—5 oyligida tirik vazni 35— 40 kg ga boradi.

Q. goʻshti arzon va parhez oziq-ovqat mahsuloti, terisi va juni yengil sanoat uchun qimmatbaho xom ashyo.