Kontent qismiga oʻtish

Qoʻngʻirot-Beynov avtomobil yoʻli

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qoʻngʻirot (yoʻl)dan yoʻnaltirildi)

Qoʻngʻirot - BEYNOV AVTOMOBIL YOʻLI (4R189) - xalqaro magistral avtomobil yoʻli. Qoʻngʻirotni Ustyurt orqali Qozogʻiston Respublikasining muhim temir yoʻl chorra-qasi hisoblangan Beynov shahri bilan bogʻlaydi. Umumiy uz. 316 km. Oʻzbekiston Respublikasini shim.-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi orqali Yevropa, Rossiyaning markaziy, jan., Ural mintaqalariga bogʻlovchi, portlar, yirik transport yoʻlaklariga chiqishga imkon beradigan, tranzit kirish-chiqishni taʼminlaydigan stra-tegik muhim transport arteriyasi. 1972-yili ishga tushirilgan Qoʻngʻirot — Beynov temir yoʻl qurilishi bilan bir vaqtda barpo etilgan. Transport qatnovi jadalligi oʻsib borayotganligini hisobga olib, 4-darajali, qatnov qismining kengligi 10 m boʻlgan qora toʻshamali mavjud yoʻlni 1-darajali asfalt-beton toʻshamali qilib qayta taʼmirlash loyihasi 2002-yilda ishlab chiqilgan. Yoʻl shu loyiha asosida kengaytirilib, qurilish ishlari davom etmoqda va 2006-yilda toʻliq foydalanishga topshiriladi. Trassa turli darajada shoʻrlangan qoʻngʻir-kulrang tuproqli choʻl zonasidan oʻtgan, iqlimi keskin kontinen-tal, eng issiq harorat 46° (avgust), eng sovugʻi —40° dekabr va yanvar da kuzatiladi. Qoʻngʻirot va Jaslik st-yalarini hisobga olmaganda trassa yoʻnalishi boʻylab aholi yashamaydi.

Tohirjon Mirzayev.