Kontent qismiga oʻtish

Boxtar

Koordinatalari: 37°50′11″N 68°46′49″E / 37.83639°N 68.78028°E / 37.83639; 68.78028
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qo‘rg‘ontepa (Tojikiston)dan yoʻnaltirildi)
Boxtar
tojikcha: Бохтар
shahar
37°50′11″N 68°46′49″E / 37.83639°N 68.78028°E / 37.83639; 68.78028
Mamlakat Tojikiston
viloyat Xatlon viloyati
Maydon 28,520 km2 (11,010 kv mi)
Markazi balandligi 506 m
Rasmiy til(lar)i tojik tili|tojikcha
Aholisi
 (2022)
126 700[1]
Milliy tarkib oʻzbeklar, tojiklar, ruslar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992-3222
Avtomobil kodi 03
Boxtar xaritada

Boxtar (tojikcha: Бохтар) — Tojikiston Respublikasidagi shahar. Qo’rg’ontepa viloyati markazi. Vaxsh vodiysida, Vaxsh daryosining chap sohilida, oʻrtacha 428 m balandlikda. Dushanbe shahridan 99 km janubda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi (Boxtar orqali Termiz — Yovon temir yoʻli oʻtgan). Aholisi 107,4 ming kishidan ziyod (2016)[2].

Qoʻrgʻontepa

Yozma manbalar va arxeologik topilmalar tasdiqlashicha kushonlar davrida 1—4-asrlarda vujudga kelgan va oʻsha paytda Levakand deb yuritilgan. Arablar istilosigacha shahar obod boʻlgan. pul zarb qilingan. 7—8-asrlarda shahar xalifalik tarkibida, 13-asrdan moʻgʻullar, soʻng Temuriylar va Shayboniylar tasarrufida boʻlgan. 16-asrda shahar ancha ravnaq topdi. Qoʻrgʻontepaning hozirgi nomi tarixiy manbalarda ilk bor 17-asrdan uchraydi. Shahar yonidagi baland tepalik kushonlar davridan qolgan qoʻrgʻon xarobasi deb taxmin qilinadi[3].

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Transformator taʼmirlash, mexanika, paxta tozalash, gʻisht, sut, pivo, mevasabzavot konserva, yogʻ-moy zavodlari, non, goʻsht, don mahsulotlari ishlab chiqarish, maishiy xizmat koʻrsatish kombinatlari, "Tojikatlas" korxonasi, tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi ishlab turibdi. Pedagogika universiteti, energetika texnikumi, hunar-texnika bilim yurtlari, tibbiyot va pedagogika oʻrta maxsus bilim yurtlari. 12 umumiy taʼlim, musiqa maktablari bor. Shahar markazida Ismoil Somoniyga haykal oʻrnatilgan.

  1. Агентии омори назди Президенти Ҷумҳурии Тоҷикистон. „ШУМОРАИ АҲОЛИИ ҶУМҲУРИИ ТОҶИКИСТОН ТО 1 ЯНВАРИ СОЛИ 2022“. 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
  2. Кармышева Б. Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. — М.: 1976 — стр 119
  3. Российские военнослужащие в Таджикистане отработают высшую степень боеготовности[sayt ishlamaydi]