Kontent qismiga oʻtish

Qobil va Hobil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qobil va hobildan yoʻnaltirildi)

Qobil va hobil — yahudiy, xristian va islom dini rivoyatlariga koʻra, Odamatoning ikki oʻgʻli. Q. va H. Bibliyada Kain va Avel deb tilga olingan. Rivoyatga koʻra, Odamato har farzand koʻrganida 1 oʻgʻil va 1 qiz tugʻilar edi. Ilgari tugʻilgan oʻgʻil farzandiga 2-vaqtda tugʻilgan qizni olib berar, shu tarzda insonlar koʻpa-yar edi. Qobil 1 qiz bilan, Hobil ham 1 qiz bilan egiz tugʻildilar. Odamato qoidaga koʻra, Qobil bilan tugʻilgan qizni Hobilga bermoqchi boʻldi. Lekin Qobil eʼtiroz bildirdi. Shunda, Odamato, ikkovingiz Alloh yoʻlida qurbonlik qilinglar, qaysi biringizning qurbonligingiz qabul boʻlsa, qizni oʻshanga nikohlab beraman dedi. Qobil dehqonchilik kasbidan topgan arzimas narsasini xudo yoʻliga ataydi. Hobil esa qoʻylari orasidan eng yaxshi bir qoʻchqorni tanlab qurbonlik qiladi. Shunda Hobilning qurbonligi qabul qilingani maʼlum boʻladi. Bundan gʻazabga kelgan Qobil oʻz inisini oʻldiradi. Hobil oʻlimga yuz tutayotgan boʻlsa-da, akasiga qarshi qoʻl koʻtarmasligini, qotilni Alloh shubhasiz doʻzax bilan jazolashini aytadi. Voqea bayon etilgan "Moida" surasidagi oyatlarda (5:27/30 —32/35) bir kishini nohaq oʻldirish butun jamiyatni oʻldirish, bir kishini halokatdan saqlab qolish esa butun jamiyatni asrab qolishdir, deb taʼkidlanadi.