Kontent qismiga oʻtish

Davlatoxun Qodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qodirov Davlatoxundan yoʻnaltirildi)

Davlatoxun Qodirov (1888, Andijon — 1953, Toshkent) — sozanda (dutor), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Hamza rahbarligidagi Oʻlka sayyor siyosiy truppasi (1918—1920), M.Qoriyoqubov rahbarligidagi Oʻzbek davlat sayyor konsert etnografik truppasi (1926), Oʻzbekiston radioqumitasi xalq cholgʻu asboblari orkestri (1929—1953)da sozanda. Qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi (1923, Moskva), Oʻzbek sanʼati va adabiyoti dekadalari (1937, 1951, Moskva)da qatnashgan. Repertuaridan Toshkent-Fargʻona vohalari hamda mashhur oʻzbek, tojik va uygʻur xalq musiqa namunalari asosiy oʻrin tutgan. Qodirov, ayniqsa, "Rohat", "Oʻyin Bayoti", "Oʻyin Dugohi", "Bahor", "Saraxbori Oromijon", "Dilxiroj", "Chertmak", "Tanavor", "Fargʻonacha" kabi kuylarni mahorat bilan ijro etgan. Uygʻur maqom cholgʻu yoʻllarining koʻpini yoddan bilgan.