Kontent qismiga oʻtish

Jumagʻali Qoldiqorayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoldiqorayev Jumagʻalidan yoʻnaltirildi)
Jumagʻali Qoldiqorayev
Tavalludi 1922-yil 28-mart
Xoʻjayli, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Vafoti 1944-yil 26-yanvar
Mozir, Gomel viloyati, Belorussiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1941-1944
Jang/urush ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Jumagʻali Qoldiqorayev (1922, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xoʻjayli tumani, Xoʻjayli – 1944.26.1, Gomel viloyati Mozir shahrida dafn etilgan) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. K-zda ishlagan. 1941-yildan frontda. 7-gvardiyachi tankxa qarshi qiruvchi diviziya (Markaziy front 61-armiyaning 7-gvardiyachi otliq askarlar korpusi)ning oddiy askari. Gomel viloyatining Komarin shahridan 20 km shimolida daryoni kechib oʻtishda va jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944. 15.1)[1]. Xoʻjayli shahridagi va oʻzi oʻqigan maktab uning nomi bilan atalgan.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jumagʻali Qoldiqorayev 1922-yil 28-martda hozirgi Qoraqalpogʻiston (Oʻzbekiston)ning Xoʻjayli viloyati Ivan-Yab qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan, millati qozoq.

Toʻliq boʻlmagan oʻrta taʼlimga ega. 1937-yildan Turkmaniston SSR Toshhovuz viloyati Kalininskiy tumanida joylashgan Kirov nomidagi kolxozda yashab ishlagan. Kurslarni tamomlab, traktorchi boʻlib ishlagan.

1941-yil bahorida Toshhovuz viloyati Kalinin harbiy komissariati tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941-yildan boshlab ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Jumagʻali Qoldiqorayev Dnepr daryosini kesib oʻtishda va daryoning oʻng qirgʻogʻidagi koʻprikni ushlab turish paytidagi janglarda ajralib turdi. 1943-yil 27-sentyabrga oʻtar kechasi Qizil Armiya askari Jumagʻali Qoldiqorayev uchta PTR ekipaji tarkibida birinchilardan boʻlib Komarin qishlogʻidan 20 km shimolda Dneprning oʻng qirgʻogʻiga oʻtdi[2]. Qoldiqorayev oʻz artilleriyasi bilan birgalikda gʻarbiy qirgʻoqdagi dushmanning mudofaa chizigʻini vayron qiladi. Dushman xandaqlari va ariqlarida Jumagʻali qoʻl jangida oʻnlab dushmanlarni oʻldiradi. Natijada dushman xandaqlarining bir qismini egallab olinadi va butun otryadning daryodan oʻtishi taʼminlanadi.

Ushbu jangdagi jasorati uchun Jumagʻali Qoldiqorayev 1943-yil oktyabr oyida Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga nomzod boʻladi. Ammo Qoldiqorayev mukofotni qoʻlga kirita olmaydi. 1944-yil 26-yanvarda Mozir shahri (Belarussiyaning Gomel viloyati) yaqinidagi jangda Qizil Armiya askari Qoldiqorayev halok boʻladi. U Mozir shahrida dafn etilgan[3].

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi farmoni bilan „Qoʻmondonlikning nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontidagi jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ Qizil Armiya askari Qoldiqorayev Jumagʻali Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Unga Lenin ordeni ham berilgan.

Xoʻjayli shahridagi va Kirov nomli kolxozdagi maktablar qahramon Jumagʻali Qoldiqorayev nomi bilan ataladi. Beyneu (Qozogʻiston) shahridagi maktabga Jumagʻali Qoldiqorayev nomi berilgan[4]. Mozir shahridagi koʻcha ham Jumagʻali Qoldiqorayev sharafiga nomlangan.

  1. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O prisvoenii zvaniya Geroya Sovetskogo Soyuza generalam, ofitserskomu, serjantskomu i ryadovomu sostavu Krasnoy Armii“ ot 15 yanvarya 1944 goda // Vedomosti Verxovnogo Soveta Soyuza Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik : gazeta. – 1944. – 23 yanvarya (№ 4 (264)). – S. 1.
  2. „Калдыкораев Джумагали“. warheroes.ru. Qaraldi: 11-oktabr 2023-yil.
  3. „Калдыкараев Жумагали“. tengrinews.kz. Qaraldi: 11-oktabr 2023-yil.
  4. Tverdoy postupyu po puti nezavisimosti. 2000—2003 godi[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка.