Kontent qismiga oʻtish

Agalmatolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoliptoshdan yoʻnaltirildi)

Agalmatolit, qoliptosh (yunoncha agalma — bezak, haykal va lithos — tosh) — 1) pirofillit yoki talkning yashirin kristalli agregati; 2) kaolinitdikkitning mayda tangachasimon agregatidan tu-zilgan togʻ jinsi. Dikkit qatlamchalari aralashgan boʻladi. Rangi oq, oq-sargʻish, sargʻish-zangori. Pirofillit — agalmatolit, gidrotermal minerallar guruhiga kirib, koʻpincha kvarsitlar ichida uch-raydi. Agalmatolitni ishlash oson boʻlganidan qadimdan har xil haykal, kuldon, qolip, mundshtuk va boshqa buyumlar yasaladi, shuningdek sanoatda oʻtga chidamli material sifatida, asbobsozlik va elektrotexnikada foydalaniladi. Agalmatolit Oʻzbekistondagi Oqtosh, Chatqol va Qurama togʻlarida uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil