Ajriqbosh
Qiyofa
(Qoraqiyoqdan yoʻnaltirildi)
Ajriqbosh (Phleum pratense) yem-xashak va agrotexnika jihatdan juda katta ahamiyatga ega boʻlgan bu oʻsimliklar moʻtadil nam iqlimli mintaqalarda, masalan Gʻarbiy Yevropa AQSh, Kanadada yem-xashak sifatida, shuningdek pichan oʻrib oladigan oʻtloqlar yaratishda, oʻt-dalali almashlab ekishda, bedaga aralashtirib ekishda keng koʻlamda qoʻllanadi. Namni koʻp talab qiladi. Ekilgach 3-4 yildan soʻng gektaridan 70 sentnergacha pichan, 3,5 dan 10 centnergacha urugʻ beradi. Ajriqboshining bir necha turi mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |