Kontent qismiga oʻtish

Qoraqobiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoraqovuqdan yoʻnaltirildi)

Qoraqobiq, qoraqovuq — chuchmomadoshlarga mansub koʻp yillik piyozli dorivor oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda Seversev Q.i yoki Q. turi oʻsadi. Piyozi tuxumsimon, usti qora poʻst bilan oʻralgan. Piyozidan uz. 20 sm, eni 1,5 sm cha barglar oʻsib chiqash. Iyunning oxi-rida barglari qurib, avgustda bargsiz soyabon toʻpgulli poya hosil qilali. Gullari voronkasimon, sargʻish-qizil. Urugʻi qora, jigarrang. Toshkent viloyatining Sijjak, Burchmulla, Chimyon, Zarkent qishloqlari atroflarida, Qorjantov, Chatqol tizma togʻlarining toshli va shagʻalli yonbagʻirlarida 1700–1900 m balandliklarda oʻsadi. Piyozi, bargi va urugʻidan 12 xil alkaloid ajratib olingan.