Kontent qismiga oʻtish

Toʻlagan Qosimbek

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qosimbekov Toʻlagandan yoʻnaltirildi)
Toʻlagan Qosimbek
Tavalludi 1931.15.1
Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi
Vafoti 2011.16.6
Bishkek, Qirgʻiziston
Fuqaroligi SSSR va Qirgʻiziston
Sohasi yozuvchi
Mashhur ishlari Singan qilich

Toʻlagan Qosimbek (1931.15.1, Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1986).

"Yilqichi oʻgʻli" (1956), "Tugʻilgan yer" (1958) kitoblari, "Odam boʻlgim keladi" (1960) qissalari bilan tanilgan.

"Singan qilich" (1966) romani mashhur. Asarda qirgʻiz xalqining 19-asr oʻrtalaridagi hayoti tasvirlangan. Qoʻqon xonligi davriga oid tarixiy voqealar, Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan zabt etilishi, uning oʻzbeklar va qirgʻizlar taqdiriga taʼsiri epik planda koʻrsatilgan.

"Kelkel" ("Toleʼ", 1986) romani — "Singan qilich"ning mantiqiy davomi boʻlib, unda 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 1-choragidagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti Toʻqtagʻul, Qurbonjon dodxoh kabi tarixiy shaxslar taqdiri orqali ochib berilgan.